Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-avgust kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni mustaqillikning 35 yilligi bilan tabrikladi. Bu haqda Ukraina rahbari ijtimoiy tarmoqda maʼlum qildi.
«Sizni va mamlakatingiz xalqini Ukraina mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklab, oʻzimning eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Grateful to President of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev for his warm congratulations on the 35th Anniversary of Ukraine’s Independence. Ukraine deeply values the traditional friendship with Uzbekistan and remains committed to expanding bilateral cooperation, trade, and economic… pic.twitter.com/5c19UpXtsw
- Volodymyr Zelenskyy / Volodimir Zelenskiy (@ZelenskyyUa) August 25, 2026
Ishonchim komilki, anʼanaviy doʻstlik rishtalari va oʻzaro hurmat tamoyillariga asoslangan mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz tufayli bundan buyon ham izchil rivojlanib boradi.
Fursatdan foydalanib, Sizga mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt-saodat va masʼuliyatli davlatchilik faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, Ukraina xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilayman», deyiladi Oʻzbekiston rahbarining tabrik maktubida.
Volodimir Zelenskiy bunga javoban minnatdorlik izhor etdi.
«Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Ukraina mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklari uchun minnatdorlik bildiraman. Ukraina Oʻzbekiston bilan anʼanaviy doʻstlikni chuqur qadrlaydi va ikki tomonlama hamkorlik, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish tarafdori boʻlib qoladi. Prezident Mirziyoyevga mustahkam sogʻlik va muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga esa tinch va farovon kelajak tilayman», deb yozdi Ukraina rahbari.









