Euronews naşrining xabar berişiça, Fransiya Ukrainaga ajratilgan kredit mablağlari imkon qadar Yevropa mudofaa sanoati buyurtmalariga yönaltirilişini istamoqda.
Yevropa Ittifoqi tomonidan Kiyev uçun maʼqullangan 90 mlrd yevrolik kredit, jumladan, Ukrainaning mudofaa qobiliyatini qöllab-quvvatlaş va qurol-yaroğ xaridlarini moliyalaştirişga möljallangan.
Kredit şartlariga köra, mudofaa mahsulotlarini xarid qiliş uçun ajratilgan mablağlarning kamida 65 foizi yevropalik yetkazib beruvçilar mahsulotlariga sarflanişi kerak.
Biroq Ukraina uçun istisno mexanizmi ham nazarda tutilgan. Agar YeIda işlab çiqarilgan qurol juda qimmat bölsa, Ukraina ehtiyojlariga javob bermasa yoki zarur miqdordagi mahsulotni belgilangan muddatda yetkazib beriş imkoni bölmasa, Kiyev uçinçi davlatlardagi işlab çiqaruvçilarga murojaat qilişi mumkin.
Ukraina hukumati bu imkoniyatdan hozirgaça kamida ikki holatda foydalangan. Birinçisi - Xitoyda işlab çiqarilgan uçuvçisiz uçiş apparatlari uçun komponentlarni xarid qiliş, ikkinçisi esa AQŞda işlab çiqariladigan Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari uçun raketalar sotib oliş bilan boğliq.
Yevropa komissiyasi hozirgi şaroitda YEI uşbu yönalişlarda Ukrainaning ehtiyojlarini töliq taʼminlay olmasligini tan olgan va har ikki holatda ham uçinçi davlatlardan xarid qilişga ruxsat bergan.
Fransiya esa bunday istisnolar doimiy amaliyotga aylanib qolişini istamayapti. Parij Yevropa komissiyasi tomonidan beriladigan bunday ruxsatlar vaqtinçalik bölişi kerakligini taʼkidlamoqda.
Fransiya Patriot örniga SAMP-Tʼni taklif qilmoqda
Fransiya Yevropadagi eng yirik mudofaa sanoatlaridan biriga ega. Mamlakat Italiya bilan hamkorlikda SAMP-T zenit-raketa majmuasini işlab çiqaradi. MAMBA nomi bilan ham tanilgan uşbu tizim AQŞning Patriot majmuasiga eng yaqin Yevropa muqobillaridan biri hisoblanadi.
SAMP-T ham ballistik raketalarni urib tuşiriş imkoniyatiga ega. Ukraina uçun bunday tizimlar va ularga möljallangan raketalar taʼminoti ayniqsa muhim bölib qolmoqda.
Biroq Yevropa hozirça SAMP-T tizimlarini Ukraina talab qilayotgan hajmda işlab çiqara olmayapti. Reuters avvalroq majmualar nisbatan kam miqdorda işlab çiqarilayotgani sababli mavjud taklif Kiyev ehtiyojini qondira olmasligini xabar qilgan.












