Amerika qamoqxonasini qanday tasavvur qilasiz? (fotosayohat)
|07:44 / 22.08.2018190 78812 min
Çikagolik Tomas — 54 yoşni qarşi olgan zobit. U Amerikaning Illinoys ştati markazi — Çikago şahri Kuk okrugi tarkibiga kiruvçi qamoqxonada 15 yildan beri işlaydi. U ozodlikni yuqori baholaydi va doimo qonun buzgan fuqaro jazo oliş kerak, deb hisoblaydi. Amerikalik qanday böliş kerak degan savolimizga esa tabassum bilan “Amerikalik amerikalik böliş kerak”, deya javob berdi.
SerjantTomas
AQŞga safarimiz çoğida biz jurnalistlar jail qamoqxonasiga sayohat uyuştirdik. Maqsadimiz qamoqxona hayoti bilan tanişiş va mahbuslar haq-huquqlari qay darajada ta'minlanişi, ularni soğlom hayotga qaytariş, tarbiyalaş çoralari bilan tanişiş böldi. Tomas bilan ayni şu yerda uçraşdik va kiçik suhbat qildik. Şu bilan birga, qamoqxona hayoti bilan batafsil tanişdik. Öylaymizki, dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridan birining tajribasi Özbekiston uçun ham kerak böladi.
AQŞning penitensiar tizimiga kiruvçi jazo ötaş muassasalari ikki turga bölinadi: jail va prison. Jail — vaqtinça saqlaş izolyatori bölib, unda ayblanuvçilar sud jarayoni tugaguniga qadar tutib turiladi. Odatda bu muddat olti oydan bir yilgaça davom etadi. Sud hukmi öqilgaç, aybdor deb topilgan kişi prison’ga olib ketiladi va jazoning qolgan qismini öşa yerda ötaydi. Biz taşrif buyurgan muassasa qamoqxonalarining jail turiga mansub edi.
Qamoqxona binosi
Illinoys ştatining markazi — Çikago şahri Kuk okrugi tarkibiga kiradi. Uşbu okrug vaqtinçalik tutib turiş qamoği — Okrug şerifi ofisiga qarovçi Cook County Jail mamlakatda bu turdagi eng yirik muassasalardan biri hisoblanadi. Bu yerda 6500 dan ortiq mahbus tutib turiladi. Şuningdek, 2100 kişi uy qamoğida saqlanib, bevosita Cook County Jail tomonidan nazorat qilinadi. Mahbuslarning kattagina qismi (ayollarning 60 foizi, erkaklarning 30 foizi) aqliy ojiz bölib, ular köçada sarson yurgani yoki mayda bezorilikka qöl urgani bois olib kelinadi va davolanadi.
Mavzuga oid
Qamoqxona ma'muriy binosi
Qamoqxona matbuot kotibi Sofiya Ansoriy va
Şeriflik adliya instituti direktori Xenki Gratto xonim
Mahbuslarning 93 foizi tergovgaça tutib turiladi. Qolgan 7 foizi — bir yildan kamroq muhlatga qamoq jazosiga hukm qilinganlarni taşkil etadi.
Umuman olganda, mahbuslarning Cook County Jail’da örtaça uşlab turiliş muddati — 63 kun. Lekin AQŞ qonunçiligining öziga xos jihatlari bu masalada ham kutilmagan holatlarni keltirib çiqargan: qotillik jinoyatiga qöl urgan beş nafar mahbus sud işi hanuzgaça yakunlanmagani bois 11 yildan buyon uşbu muassasada saqlanadi.
Temir panjaralar orasidan avtoturargohga kirib borar ekanmiz, bizni kutib turgan qamoqxona matbuot kotibi Sofiya Ansoriyga közimiz tuşdi. Yoş bölişiga qaramay, jazo muassasasida mas'uliyatli lavozimda faoliyat yuritayotgan qiz bizni iliqlik bilan qarşi olib, ofislar joylaşgan binoga olib kirdi.
Binoning yuqori qavatlaridan birida bizga qamoqxona sxemasi namoyiş etildi. Tuşuntirişlariça, muassasa hududi köplab bölimlarga (division) ajratilgan bölib, har birida maxsus funksiyalar bajariladi yoki muayyan toifadagi mahbuslar saqlanadi. Ma'muriy binodan taşqari, oşxonada, tibbiy körik bölimida ofitserlik kiyimida bölmagan fuqaroviy xodimlar faoliyat yuritadi. Mahbuslar tutib turiladigan binolarda ofitserlar xizmat qiladi.
Qamoqxona ma'umuriyati ofisi
Qamoqxona maketi
Qamoqxona böylab sayohatimiz boşlanişidan oldin qiziq bir voqea röy berdi. Şerif ofisida faoliyat yurituvçi Şeriflik adliya instituti direktori Xenki Gratto xonim hamkasbim Eldor Asanovning qölidagi yozuv daftarçasini körib, unda metall element borligini, bu bilan qamoqxonaga kiriş mumkin emasligini aytdi. Daftarçamizni vaqtinçalik topşirişga töğri keldi — uning örniga metall prujina örnatilmagan yozuv daftari taqdim etildi. Daftardan taşqari, qamoqxona hududiga faqat bitta kamera olib kirişimizga ruxsat berildi, boşqa kameralar va telefonlar maşinada qoldirildi.
Jurnalist Eldar Asanov
Şeriflik adliya instituti direktori Xenki Gratto xonim
Ofis binosidan maxsus maşinada qamoqxona hududiga borişda muassasa biqinida joylaşgan okrug jinoyat sudi binosi oldidan ötdik. Bino oldida tumonat odam töplanib, qöllarida plakatlar kötarib namoyiş ötkazişayotgan edi. Plakatlardagi yozuvlardan tuşunişimizça, Reynaldo Gevara ismli sudya tomonidan öqilgan hukmlar adolatsiz bölgani bois u tufayli qamalganlarning yaqinlari norozilik aksiyasi ötkazayotgan ekan.
Okrug jinoyat sudi binosi oldidagi namoyiş
Okrug jinoyat sudi binosi oldidagi namoyiş
Nihoyat, bir neça bosqiçli xavfsizlik tekşiruvidan söng mahbuslar saqlanadigan xonaga kirdik. Bitta şunday xonada 23 ta kamera (cell) bor. Cell’larning har birida ikki nafardan mahbus saqlanadi. Mahbuslar kameralardan çiqib, umumiy zalda ovqatlanişi, vaqt ötkazişi, televizor körişi va telefon orqali taşqari bilan gaplaşişi mumkin.
Qamoqxona nazorat punkti
Qamoqxona yölagidagi mukofotlar devori
Mahbuslar saqlanadigan cell ga olib boruvç yölak
Mahbuslar, şuningdek, taşqariga ham turli işlarni bajarişga olib çiqiladi. Oşxona yumuşlari, kir-çir yuviş, tozalaş, şuningdek, dehqonçilik işlari eng asosiy maşğulotlar hisoblanadi. Gratto xonimning ta'kidlaşiça, mahbuslar, ayniqsa, dehqonçilik işlarini xuş köradi, negaki bu ularga kuni bilan oçiq osmon ostida böliş, quyoşni köriş imkonini beradi.
Mahbuslar saqlanadidan xona (cell)
Mahbuslar saqlanadigan kameralar
Umumiy hojatxona
Umumiy yuviniş xonasi
Umumiy ovqatlaniş stoli
2 kişilik kamera
Kameralar nazoratçisi xonasi
Mahbuslarning televizor köriş joyi
Darvoqe, qamoqxona tomorqasida yetiştirilgan sabzavotlar Çikagoning maşhur tamaddixonalariga, jumladan, Saprophina, Belly Sunday restoranlariga yetkazib beriladi.
Mahbus qamoqxona tomorqasida mehnat qilmoqda
Kelib tuşgan pulning asosiy qismi qamoqxona ehtiyojlariga sarflanadi, kiçik qismi mehnat haqi sifatida mahbuslarning plastik kartalariga ötkazib beriladi — ular bu puldan maxsus dökon — Comissary’da kundalik xaridlarni amalga oşirişda, qöşimça ovqat, içki kiyim, paypoq va maişiy buyumlar sotib olişda foydalanişi mumkin.
Qamoqxona cell fayesidagi suhbat
Şeriflik adliya instituti mahbuslar bevosita işlab, ularning jamiyatdan uzilib qolmasligini ta'minlaş uçun turli dasturlarni amalga oşiradi. Ayniqsa, 18–24 yoş orasidagi mahbuslarga alohida e'tibor qaratiladi: ular har kuni 8 soat oçiq osmon ostida vaqt ötkazişi, köproq foydali mehnat qilişi, kutubxonaga borişi ta'minlanadi. Bundan taşqari, giyohvand moddalarga örganib qolganlarga, ayollarga, e'tiqodli insonlarga möljallangan alohida dasturlar işlab çiqilgan. Mahbuslarning 7 foizini (400 kişini) ayollar taşkil qiladi. Ularni qamoqxonada zöravonlikdan asraş, jinoyat olamiga kirib ketişdan saqlaş va foydali mehnatga örgatiş ayollar dasturining asosiy vazifalaridir. Binoning beşinçi qavati ayollarga ajratilgan. 400 ayolning 12 nafari homilador; ularga tegişli tibbiy yordam körsatib boriladi, salomatligi doimiy nazorat qilinadi. Qamoqxonada tuğilgan bolalar vasiylariga topşiriladi. Vasiylar bölmagan taqdirda onasi qamoqdan çiqquniga qadar davlat muassasasida parvariş qilinadi.
Qamoqxona cell fayesidagi suhbat
Qamoqxona cell fayesidagi suhbat
E'tiqodli insonlar bilan qamoqxonaning diniy xizmatlar bölimi işlaydi. Ular öz vaqtida namoz öqişi, boşqa turdagi ibodatlarni qilişi, şuningdek, öz dinining ruhoniylari bilan uçraşib turişi ta'minlanadi.
Maxbuslar uçun maxsus elonlar devori
Cell’lar bilan tanişuvdan söng bizni uzundan-uzoq yölkalar orqali mahbuslar taqsimlanadigan bölimga olib borişdi. Bu yerda politsiya formasidagi insonlar tinimsiz u yerdan bu yerga ötib yurişar, qandaydir qoğozlarni töldirişar edi.
Qamoqxonadi maxsus kamera
Qamoqxona xodimlarining iş joyi
Bezorilik, mayda öğrilik va boşqa sabablar bilan tutib kelinganlar, asosan, yoşlar oçiq kameralarda uymalaşib ötirib, taqdiri hal bölişini kutar edi. Qölimizdagi kameralarni körişi bilanoq ba'zilar yuzlarini kiyimi bilan tösib oldi, ayrimlar esa baland ovozda suratga olişni töxtatişimizni talab qildi.
Jail ga tuşgan fuqarolar
Jail ga tuşgan fuqarolar
Katta oçiq kameralardan taşqari, xavfli jinoyatçilarga möljallangan kiçik yopiq kameralar ham bor ekan. Şulardan biriga kirib suratga tuşayotganimizda bir ofitser ayol “Endi bizlar bilan qolasizlar!”, degança hazillaşib, bizni qulflab qöymoqçi böldi. Bu voqea kayfiyatimizni kötarib, muassasadagi tundlik kayfiyatini biroz tarqatgandek böldi.
Kiçik yopiq kamerada esdalik uçun surat
Bu bölimda tutqunlar bir sutka davomida saqlanadi. Şu 24 soat içida ular yo çiqib ketadi (jinoyati jiddiy emasligi bois yoki garov puli evaziga qöyib yuboriladi) yoki yuqoriga — cell’larga ötkaziladi va sud hukmini kutadi.
Qamoqxona xodimlarining iş joyi
Har kuni örtaça 60 kişi tutib kelinadi. Yakşanba kunlari bu körsatkiç 220 kişiga yetişi mumkin. Mahbuslar sud majlisiga ham aynan şu bölimdan olib ketiladi. Şu yerning özida tutqunlar advokatlari bilan uçraşişi uçun maxsus xona bor.
Tutqinlar advokatlari va yaqinlari bilan suhbatlaşmoqda
Biz taşrif buyurgan diqqatga sazovor yana bir joylardan biri tibbiy bölim böldi.
Serjantlar Tomas va Lyuis
Bu yerda professional şifokorlar işlaydi. Ular har kuni muayyan soatlarda mahbuslarni körikdan ötkazib, salomatligini tekşiradi, mahbuslar kiyimini almaştiradi.
Nazorat punkti
Nazorat punkti. Metalodetektor
Tibbiy körikdan ötkaziş xonasi
Tibbiy körikdan ötkaziş xonasi
Tibbiy körikdan ötkaziş xonasi
Tibbiy körikdan ötkaziş xonasidagi jihozlar
Tibbiy körikdan ötkaziş xonasidagi jihozlar
Tibbiy körikdan ötkaziş xonasi
Tutqin zobit nazoratida olib ketilmoqda
Uzoq rasmiyatçilikdan söng ular qölga urgan jinoyatning oğir-yengilligiga qarab tasniflanib, minimum security, medium security yoki maximum security toifalaridan biriga kiritiladi va tegişli bölimga olib ketiladi. Rasmiy jarayonlar ança murakkab bölib, aytaylik, kiçik öğrilikka bir neça bor qöl urgan şaxs ham maximum security toifasiga kiritilişi mumkin. mahbuslarning pulidan boşqa hamma narsasi olib qöyiladi. Pul esa plastik kartaga ötkazilib, mahbusga Comissary orqali xaridlar amalga oşirilişi uçun taqdim etiladi. Bir bemorga örtaça 5–6 soat vaqt sarflanadi.
Ruhiy kasal bölgan tutqinlar saqlanadigan kameralar
Qamoqxona hududida 2200 ta kuzatuv kamerasi mavjud
Darvoqe, Tomas bilan suhbatimiz alohida va juda samimiy böldi. Uning aytişiça, harbiy xizmatdan qaytganidan söng bu kasbni tanlagan. Doimiy sport bilan şuğullangani uçun unga doim yoş körinişini aytişar ekan.
Qamoqxonaning fuqarolar uçun kiriş eşigi
Menimça, bu Tomas aytgan haqiqiy amerikalik yigit bölsa kerak
Qamoqxonaga sayohatimiz qiziq voqea bilan yakunlandi. Serjant Tomas bilan esdalikka suratga tuşayotganimizda endigina qamoqxonaga olib kirib ketilayotgan bir yigit amerikaça tabassum bilan unutilmas kadrga tuşdi. Menimça, bu Tomas aytgan haqiqiy amerikalik yigit bölsa kerak.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi