Bir kuni qurbaqaçalar musobaqa uyuştirişdi. Ularning maqsadi minora tepasiga çiqiş edi. Bu musobaqani tomoşa qiliş va ularning ustidan kuliş uçun juda köp tomoşabin yiğildi. Musobaqa boşlandi...

Heç kim qurbaqaçalarning minora tepasiga çiqişiga işonmasdi. Yiğilganlar şunday deb xitob qilişdi: «Bu judayam qiyin!», «Ular yuqoriga heç qaçon çiqa olişmaydi», «Buning imkoni yöq! Minora öta baland!».

Qurbaqaçalar birin-ketin yiqila boşladi.

Maqsadi sari intilmayotgan ayrim qurbaqaçalardan taşqari, boşqalari yanada yuqorilay boşlaşdi. Yiğilganlar baribir «Juda qiyin!!! Heç biri yuqoriga yeta olmaydi!», deya xitob qilişda davom etdi.

Qolgan qurbaqaçalar ham çarçab, yiqila boşladi... Faqat bitta qurbaqaça yuqoriga intilişda davom etardi. U aslo taslim bölmasdi!

Nihoyat hamma taslim böldi. Faqatgina tinmasdan yuqorilayotgan öşa qurbaqaçadan taşqari! U minora tepasiga yetib bordi. Barça yiğilganlar uning qanday qilib bunga erişganini bilişni istardi. Töplanganlardan biri undan yuqoriga çiqiş uçun qanday kuç topganini söradi. 

Ma'lum bölişiça, ğolibning quloği oğir bölib, atrofdagilarning baqir-çaqirlarini eşitmagan ekan!

Xulosa: Heç qaçon atrofingdagilarning salbiy fikrlariga quloq solma. Ular sening eng buyuk orzu va istaklaringni böğişadi. Özingga va öz kuçingga işon! Maqsad sari olğa yur! Sen bunga qodirsan!

Foto: Pixabay

“Menga aloqasi yöq” dema

Bir kuni siçqon ferma egasi qopqon qöyganini körib qoldi. U bu haqda tovuq, qöy va sigirga aytdi hamda qopqonni sindirib taşlaşni söradi. Ularning barçasi bir ovozdan “Qopqon – sening muammoing, uning bizga heç qanday aloqasi yöq!” deyişdi.

Bir neça kundan keyin ilon qopqonga tuşib qoldi va alamidan fermerning xotinini çaqib oldi. Xotinini davolaşga uringan fermer tovuqni söyib xotiniga şörva pişirib berdi. Söngra bemorni körgani kelganlarga taom tayyorlaş uçun qöyni söyişdi. Nihoyat azaga kelgan barça mehmonlarga taom tayyorlaş uçun sigirni ham söyişga töğri keldi. Siçqon bularning barini inida kuzatib ötirarkan, heç kimga heç qanday aloqasi yöq narsalar haqida öylardi.