Quyida şu sohadagi nufuzli ilmiy manbalar — AQŞ Pediatriya Akademiyasi (AAP), Developmental Psychology jurnali, Dan Siegel, John Bowlby kabilarga tayangan holda 10 ta asosiy xatolar tahlil qilinadi.
1. Bolaga baqiriş va qöpol muomala qiliş stressga tuşiradi. Psixologlarga köra, qattiq ovoz bolaning miyasida “hujum” signali kabi qabul qilinadi. Bu bilan stress gormoni — kortizol keskin oşadi. Bu esa bolada:
- xavotir,
- örinsiz qörqiş,
- agressiya,
- öz-özini past baholaş kabi holatlarni keltirib çiqaradi.
Development and Psychopathology jurnalidagi tadqiqotda baqiriq bilan tarbiyalangan bolalarda xavotir va depressiya belgilari yuqoriroq ekani körsatilgan.
2. Bolani boşqalar bilan soliştirmang. Tanqid yoki soliştiriş — bolaga motivatsiya bermaydi. Aksinça, “men boşqalardek bölolmayapman” degan içki fikrni mustahkamlaydi. Psixologlar bunga “içki soliştiriş tuzoği” deb nom berişadi. Bunday bola katta bölsa, doim boşqalar bilan özini taqqoslab yuradi va şaxsiy yutuqlardan qoniqmaydi.
3. Ota-ona va farzand örtasida mehr va emotsional yaqinlik yetişmasligi. Psixolog John Bowlby tomonidan ilgari surilgan “beşik boğlaniş nazariyasi”ga köra, bolaga mehr yetişmasligi uning butun hayotidagi şakllanişiga ta’sir qiladi. Bunday bolalar öziga işonçi past, doim xavotirda, boşqalar bilan muloqotda qiynaladigan bölib ösişi mumkin. Mehr — nafaqat kuçoqlaş, balki tinglaş, qabul qiliş, tuşunişdan iborat.
4. Haddan taşqari tanqid va taqiqlar qöyiş ham xato. Taqiqlarning köpligi bolani emas, uning erkin fikrlaş qobiliyatini “boşqaradi”. Natijada bola taşabbuskorlikni yöqotadi.
Minnesota universitetida ötkazilgan tadqiqotda bolaga “haddan taşqari nazorat” örnatilsa, uning ijodiy fikrlaşi va qaror qabul qiliş qobiliyati sekinlaşişi aniqlangan.
5. Bolaning fikrini jiddiy qabul qilmaslik, ya’ni unga ahamiyat bermaslik. “Sen hali kiçkinasan”, “Nimani ham tuşunasan?” kabi gaplar bolaning şaxs sifatida qabul qilinmasligini anglatadi. Bu esa bolada öz fikrini ayta olmaslik, muloqotda qiynaliş, özini past baholaş kabi muammolarga olib keladi.

















