Venesuela şimolidagi Sukre ştatida kuçli zilzila sodir böldi. Bu haqda Yevropa-Örta yer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) ma'lum qildi.
Yer silkinişlari 21 avgust UTC vaqti bilan soat 21.31da qayd qilingan.
Markaz dastlab zilzila magnitudasini 7,3 qilib bergan, keyinroq esa 7,0 gaça pasaytirgan. Biroq AQŞ geologik xizmati ma'lumotlariga köra, zilzila magnitudasi 7,3 bölgan.
Zilzila öçoği ham turliça körsatilgan: dastlab 10 km, keyinroq esa 113 km çuqurlikda bölgani ma'lum qilingan.
Zilzila butun mamlakat böylab, jumladan poytaxt Karakasda sezilgan. Binolar, avtoturagohdagi maşinalar tebrangan. Guvohlar bu holat videolari bilan ijtimoiy tarmoqlarda bölişişgan.
Videolardan körinişiça, yer silkinişlar bir neça ön soniya davom etgan. Köplab odamlar köçalarga çiqib olişgan. Zilzila oqibatida uylarning devorlarida katta yoriqlar paydo bölib, qisman qulagan. Jabrlanganlar borligi haqida ma'lumot berilmagan.
[VIDEO] #Sismo en #CiudadTiuna, #Caracas, se sintió fortísimo. Vecinos en alerta en la planta baja. Todo en calma. pic.twitter.com/WY6jMd5gF7
— Érika Ortega Sanoja (@ErikaOSanoja) August 21, 2018
TERREMOTO EN VENEZUELA | Así se sintió el fuerte temblor en Maturin, Edo. Monagas, Venezuela. Muchos salieron corriendo aterrorizados para la calle. pic.twitter.com/4PpgPMIh3J
— Yusnaby Pérez (@Yusnaby) August 21, 2018
Venesuela içki işlar vaziri Nestor Luis Reverol odamlarni tinçlik saqlaşga çaqirgan.
Reverolning ma'lum qilişiça, Karakasdagi 200 metrlik, qurib bitkazilmagan “Dovud minorasi” deb ataluvçi binoning oxirgi 5 qavati zilziladan söng 25 foizga yonga oğib qolgan.












