El suygan taniqli hofiz Ma'murjon Uzoqov ijrosidagi “Bu gulşan soz ekan...” aşulasi köpçiligimizning sevimli taronamizga aylangan. Xalqimizning betakror madaniy merosi – maqom san'atini ham benazir gulşanga mengzaş mumkin. 6-10 sentabr kunlari Şahrisabzda ötkaziladigan Xalqaro maqom san'ati anjumani esa “ustiga soz etgani” kelguvçilar bilan gavjum bölişi şubhasiz.

Maqom tarixidan

Ilk bor VII-VIII asrlarda xalq musiqasi negizi va mahalliy professional ijroçilik an'analarining rivoji yirik turkumli janrlar şakllanişiga olib keldi. Jumladan, Borbad ijodiga mansub “Husravoniy” turkumi. IX-X asrlarda maqomsimon çolğu va aşula-çolğu asar va turkumlar rivojlanadi. XI-XIII asrlardan boşlab, to XVII asrgaça Yaqin va Örta  Şarqda “Duvozdahmaqom” – 12 maqom turkumi keng tarqalib, musiqa amaliyotida qöllanib keldi.

XVIII asrda Buxoroda yangi turkum – “Şaşmaqom” uzil-kesil şakllandi. XIX asrda “Xorazm maqomlari” turkumi va Farğona-Toşkent maqom yöllari vujudga keladi. Keyinçalik “Şaşmaqom” va boşqa turkumlar asosida maqom asarlarining yangi uslublari va körinişlari zamonaviy talqinda rivoj oladi.

Maqomçilik san'ati qonunlarini şarhlaş, asoslaş, musiqa nazariyasi va amaliyotiga oid masalalar IX asrdan boşlab musiqiy risolalarda öz aksini topdi. Maqomlarni tartiblaşda, muayyan tizimga tuşirişda Urmaviy va Şeroziyning (XIII-XIV asr) xizmatlari katta.

XX asrda maqomçilik san'ati rivojlanib, yetuk sozandayu xonandalar va  bastakorlar ijodi va repertuarlaridan örin oldi. Ular zamonaviy nota yozuvlari orqali töplamlar sifatida naşr etildi, ularni nazariy va amaliy özlaştiriş işlari amalga oşdi.

2007 yili Isoq Rajabovning “Maqomlar” nomli yirik risolasi YuNeSKO tomonidan naşr etildi. 2003 yil noyabr oyida “Şaşmaqom” YuNeSKO tomonidan “Insoniyatning oğzaki va nomoddiy   madaniy merosi durdonasi” deb tan olindi. 2008 yili umumjahon Reprezentativ röyxatiga kiritildi.

Rivoyat

Temuriylar davrida yaşagan Xoja Abdulqodir Maroğiy, manbalarda zikr qilinişiça, Sohibqiron ğazabiga uçragaç, bir qança vaqt yolğiz yaşab, qalandarona hayot keçirdi.

Kunlar ötdi. Sarkarda öz laşkari bilan Iroqqa yuriş qiliş harakatiga tuşdi. Bundan xabar topgan Abdulqodir Amirning quloğiga yetib boradigan bir nazm tuzişga qaror qildi. Şunday xayol bilan, u bir ğazal bitdi, uni bastaladi. Söng temirçiga borib, şu kuy nağmalarini hosil qiluvçi har xil kattalikdagi qönğiroqçalar yasatdi. Sarbon bilan kelişib, bu qönğiroqçalarning qaysi tuyaga osilişi kerakligini ham kelişib oldi va kuyni bexato hosil qiladigan bir tartibda tuyalarga ostirdi. Karvon yölga çiqdi. Tuyalar harakatga kelib yura boşlagaç, belgilab qöyilganidek kuy çalina boşladi. Sohibqiron musiqa ilmidan xabardor edi, musiqani yaxşi tuşunardi. Qönğiroqçalardan taralayotgan bu yoqimli kuy Amirni befarq qoldirmadi. Bu kuy Iroq maqomi yölida yaratilgan bölib, uni bastakor “Amali tarona” deb atagan edi. Temur kuyga e'tibor qilar, kuy esa öz ohangidan adaşmasdi. Şunda u saroy musiqaşunoslarining peşqadami bölib qolgan, ayni paytda boş xonandalik vazifasida turgan va uşbu tadbirdan ogoh Xoja Abdulloh Loriyni huzuriga çorlab, unga dedi: