24-avgustdan boşlab ChatGPT çat-boti Yevropaning 31 mamlakatida, jumladan, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Şvetsiya, Norvegiya, Daniya, Niderlandiya va Avstriyada reklama namoyiş eta boşladi.

Reklama çat-bot javobining tagida Sponsored yozuvi tuşirilgan alohida kartoçka körinişida böladi. Kompaniya bu yangilik haqida 18-avgust kuni eʼlon qilgan edi.

Çat-bot işlab çiqaruvçisi bölgan OpenAI kompaniyasi ChatGPT Ads dasturini 2026-yil fevral oyida AQŞ hududida işga tuşirgandi. Keyin bir neça oy davomida dastur yana sakkizta mamlakatga tatbiq etildi: Avstraliya, Braziliya, Buyuk Britaniya, Kanada, Meksika, Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya va Yaponiya.

Pulli tarif rejalaridan foydalanuvçilarga reklama körsatilmaydi. Bepul (Free) va arzon (Go) tarif rejalarida esa reklama dastur qöllab-quvvatlanadigan mamlakatlarda paydo bölişi mumkin.