Xalqaro Turizm kuni munosabati bilan 27 sentabr kuni Özbekistonda qator tadbirlar bölib ötadi. Jumladan, "Xalqaro Turizm kuni dasturi"ga muvofiq, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi örinbosari  Saidakbarxon Akbarov Yakkasaroy tumanidagi 118-sonli umumiy örta ta'lim maktabi öquvçilari bilan uçraşib, ular bilan  “Özbekistonda turizmga e'tibor”, “Yoşlar va turizm” mavzularida suhbatlaşadi. Şuningdek, Yunusobod tumanidagi Toşkent Turizm kollejida ham şu mavzulardagi tadbirlar bölib ötadi. Turizm sohasi vakillari yoşlarni bu yönalişda olib borilayotgan işlar bilan taniştirib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berişadi.

1970 yil 27 sentabr kuni  Ispaniyaning Torremolino şahrida  Butunjahon turizm taşkilotining Ustavi qabul qilinib, uning Boş assambleyasi tomonidan mazkur sanani Xalqaro Turizm kuni sifatida nişonlaş belgilandi.  Maqsad — turizmni tarğibot qiliş, uning jahon hamjamiyati  iqtisodiyotiga qöşayotgan hissasini  ommaviy axborot vositalarida yoritiş, turli mamlakatlar aholisi örtasidagi munosabatlarni yanada yaxşilaşdan iborat. Şuningdek, har bir inson özini sayyoh sifatida his qilib,  Ona  sayyoramizning gözal, betakror tabiati,  madaniy, tarixiy va tabiiy yodgorliklarini örganişi, ularni asrab-avaylaşga öz hissasini qöşişidir.  Globallaşuv şaroitida  tezkorlik bilan axborot almaşinişi  natijasida insonlarda dunyo mamlakatlari bilan tanişişga qiziqiş kuçayib bormoqda. Bu öz navbatida turizm sohasining rivojlanişiga olib keldi.  

Soha rivojining tarixiga nazar taşlasak: T.Kuk 1841 yili poyezdda sayohat taşkillaştirgan, sayohat 1 şilling turgan. Sayyohlarga issiq çoy, şirin kulça berilib, yöl davomida orkestr musiqa çalib turgan. Birinçi sayyohlik agenti 1847 yili Germaniyada taşkil etiladi.  XX asrga kelib esa, sayyohat qiliş inson dunyoqaraşini kengaytiriş, boşqa xalqlar hayoti bilan tanişişning asosiy vositasi bölişga ulguradi.

 27 sentabrda aksariyat dunyo mamlakatlarida Xalqaro Turizm kuni bayram sifatida nişonlanib, şu kuni turizm yönalişlariga bağişlangan  turli xil tadbir va festivallar ötkaziladi. Bugungi kunda mazkur sohada faoliyat yuritayotganlar sayyohlarga har tomonlama qulay va xavfsiz şaroit yaratib berişga harakat qilişmoqda. 

Jahon sayyohlik taşkilotining ma'lum qilişiça, dunyo yalpi içki mahsuloti hajmining öndan bir qismi, xalqaro investitsiyalarning 11 foizdan ortiği turizm hissasiga töğri keladi. Butun dunyo böyiça sayyohlar oqimi yiliga 4-5 foizga ösmoqda.

Turizm sohasida ulkan salohiyatga ega Özbekiston özining qadimiy obidalari, muqaddas ziyoratgohlari, xuşmanzara tabiati va fayzli göşalari bilan sayyohlarni öziga rom etmoqda. Ma'lumotlarga köra, yurtimiz sayyohlik kölami va tarixiy joylar soni böyiça dunyodagi yetakçi ön mamlakat qatorida turadi. Özbekistonda yetti mingdan ortiq me'moriy va arxeologik obida mavjud. Bunday bebaho meros xalqimizning bitmas­ tuganmas boyligi hisoblanadi.