30 iyul kunidan boşlab Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligini nişonlaşga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş davrida jamoat tartibini saqlaş, fuqarolar xavfsizligini ta'minlaş, huquqbuzarliklar hamda favqulodda holatlar oldini oliş maqsadida «Tozalaş-antiterror» tadbirlari ötkazib kelinmoqda.
Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi matbuot xizmati bergan xabarga köra, tadbir davomida hozirgi kunga qadar Toşkent şahar hududida 475.532 obekt, ya'ni köp qavatli uylardagi xonadon, yertöla va çordoqlar, hovlili uylar, korxona va taşkilotlar hamda boşqa turdagi obektlar tekşirib çiqilmoqda.
Tadbir jarayonida asosiy e'tibor huquqbuzarliklarning oldi olinişiga, sodir etilayotgan jinoyatlarni issiq izidan foş etilişiga qaratilgan bölib, mazkur tadbirlar davomida giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravişda muomala qilinişini bilan boğliq bölgan 44ta jinoyat aniqlanib, jami 6.963,81 gramm giyohvand moddalari rasmiylaştirib olindi, şuningdek 16ta fohişaxona saqlaş va qöşmaçilik qiliş jinoyatlari hamda 2ta öqotar qurollarni noqonuniy saqlaş jinoyatlari aniqlandi.
Tadbir davomida jinoyat sodir etib, tergov va sud organlari tomonidan qidiruvda bölgan 90 nafar şaxs tezqor-qidiruv tadbirlar davomida uşlandi.
Mavze va mahallalarda fuqarolar xavfsizligini ta'minlaş va jamoat tartibini saqlaş borasida jamoat vakillari bilan birgalikda mahallalarda va korxona taşkilotlarda hamda ta'lim muassasalarida xavfsizlik yuzasidan 1023ta uçraşuvlar taşkil etildi. Olib borilgan tarğibot-taşviqot işlari natijasida köp qavatli uylarga qöşimça 354ta videokuzatuv kameralari örnatilib, 209ta xonadon Toşkent şahar IIBB huzuridagi Qöriqlaş boşqarmasi tomonidan qöriqlovga olindi.

















