Navröz bayrami arafasida qiziqarli turistik mahsulotlar va noyob turlar yaratilmoqda. Içki turizmni rivojlantirişga yönaltirilgan "Özbekiston böylab sayohat qil!" dasturiga muvofiq, yurtimizning qator maskanlarida bayram tadbirlari ötkazilmoqda. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati hududlardagi bayram tadbirlariga doir ma'lumotlar bilan bölişdi.
Sarmişsoyda "Sumalak-şou"
Navoiy yaqinida joylaşgan Sarmişsoy nafaqat özining gözal tabiati, balki noyob yodgorliklari bilan ham maşhur. Bu yerdagi qoyalarda qadimiy petrogliflarni köriş mumkin, ba'zilarining yoşi 10 ming yildan oşadi.
"Sarmişsoy" dam oliş zonasida qulay hordiq çiqariş uçun barça şaroitlar yaratilgan. Tur narxiga qulay ötovlar yoki kottedjlarda yaşaş, nonuşta, gid, ekskursiyalar, milliy estrada qöşiqçilarining şou-dasturi, gulxan atrofidagi oqşomlar, nomerlarni tozalaş işlari, mangallar, barbekyu va piknik uçun şaroitlar va, albatta, sumalak bilan mehmon qiliş kiradi. Tabiat qöynida faol dam oliş, madaniy dastur va betakror taomlar uşbu sayohatga otlanişingiz uçun arziydi.



Şahrisabzda Xalqaro milliy liboslar festivali
Özbekistonda birinçi marta 21-22 mart kunlari Şahrisabzda uşbu bahorning eng diqqatga sazovor hodisalaridan biri - Xalqaro milliy liboslar festivali ötkaziladi. Bu yerda milliy uslubdagi bahorgi-yozgi ayollar liboslarining eksklyuziv namunalarini körişingiz mumkin böladi. Özbekistonning 10 dan ortiq yetakçi dizayneri va boşqa mamlakatlarning közga köringan dizaynerlari tadbirdagi iştiroklarini tasdiqlaşdi.
Dizaynerlar milliy matolar va yangi formatdagi motivlardagi yangi kolleksiyalarini namoyiş qilişadi hamda an'anaviy obrazlarni yangiça şaklda taqdim etişadi. Şuningdek festival doirasida "Şahrisabz gözali" tanlovi ötkaziladi. Ğolib tadbirning yopiliş marosimida e'lon qilinadi. Folklor ansambllar va yoş ijroçilarning çiqişlari ajoyib bayram muhitini töldiradi. Tadbirga kiriş erkin tarzda.





























