Özbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov «huquqiy tarğibotni yangi va zamonaviy usul va vositalar yordamida amalga oşiriş lozimligini va bu borada vazirlik özining yangi yondaşuvlarini işlab çiqib, joriy etişi talab» etilayotganini bildirdi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XIV yalpi majlisida Adliya vaziri 2017 yilda huquqiy tarğibot va ma'rifatning holati haqidagi axborotni ma'lum qilib, öz nutqida quyidagilarni bildirdi.
«Birinçidan, an'anaviy ravişda köp resurs va vaqt talab qiladigan tadbirlar, uçraşuvlar ötkazişni kamaytirib, zamonaviy uslublarda iş olib borişga ötilmoqda. Çunki, bitta auditoriyaga borib, kollej, litseydami boşqa taşkilotga borib qilinadigan tadbirga 100, boring 200 kişi iştirok etadi.
Keyin köp hollarda, auditoriya xuddi majburlab bir joyga töplanganday tuyuladi. Eng açinarlisi, tadbirlarning ta'sirçanligi yöq. Şuning uçun, Adliya vazirligi tomonidan mazkur yönalişdagi tadbirlar soni maqbullaştirilmoqda.
Ikkinçidan, ma'lumotni yetkaziş usuli sifatida informatsion texnologiyalardan keng foydalaniş rağbatlantiriladi. Bugunga kelib, Özbekistonda internet foydalanuvçilari soni 20 millionga yetdi, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvçilar soni bir yil içida 5 baravarga oşdi. Demak, bu katta auditoriya, biz uçun kerakli huquqiy axborot tarqatiş ulkan maydonçasi, deb baholaş mumkin», deydi vazir.
Albatta, Özbekistonda barça fuqarolar internetda faol emas, ayniqsa uzoq qişloq va ovul manzillarida aholining turmuş-tarzi, kuz-qiş mavsumidagi kundalik muammolar köpayişi va internetdan foydalaniş imkoniyat pasayişi ham inobatga olindi.
«Real holatdan kelib çiqib, hududlarda şunday yondaşuv qilinmoqdaki, ya'ni muammolardan kelib çiqib, tegişli huquqiy axborotni şakllantiryapmiz», deb ta'kidladi Davletov.

















