Honda kompaniyasining HA-420 HondaJet samolyotining yangi versiyasi – HA-420 HondaJet Elite joriy yilning may oyida Jyenevadagi EBACE körgazmasida taqdim qilingandi.
Honda’ning aviasozlik bölimi Honda Aircraft’ning ma'lum qilişiça, endi kompaniya uşbu samolyotni buyurtmaçilarga yetkazib bera boşladi. Ilk samolyot amerikalik buyurtmaçiga yetkazilgan. Kompaniyada ta'kidlanişiça, joriy yilning 1-yarmida buyurtmaçilarga samolyotning avvalgi versiyasi HondaJet’dan 17 ta dona yetkazilgan.
Flying naşrining yozişiça, yangi model kattaroq parvoz masofasi (2661 km), Garmin G3000 negizidagi takomillaşgan asboblar paneli olgan. Şuningdek, Elite yangi ranglarda taqdim qilingan.
Honda’ning ma'lum qilişiça, yangi samolyot AQŞ fuqarolik aviatsiyasi federal boşqarmasi va Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi tomonidan sertifikatlaştirilgan.
Kompaniyaning ilk seriyali işlab çiqarişga möljallangan samolyoti HondaJet’ning xarakteristikalari quyidagiça bölgan: yölovçilar soni – 7 kişi, uzunligi 12,52 metr, qanotlari quloçi 12,2 metr, balandligi 4,01 metr, böş samolyot vazni 3267 kg, maksimal tezligi 782 km/soat.












