Indoneziyada Osiyo öyinlari ayni qizğin pallaga kirib bormoqda.
Bugun yunon-rum kuraşi böyiça -87 kg vazn toifasida bahslarga kirişgan Rustam Assakalov finalga qadar yetib borib, Özbekiston hisobiga yana bir kumuş medalni qöşib qöydi. Hal qiluvçi bahsdan söng Kun.uz muxbiri sovrindor sportçimizdan qisqa intervyu oldi.
«Final bahsidan könglim tölmadi. Taktik jihatdan xatoga yöl qöydim. Parterda boşqaça usul qöllaşim köproq foyda bergan bölardi. Eronliklar bizni astoydil örganib çiqib, usullarim haqida bilib olişgan», - dedi Assakalov.
Rustam, şuningdek, öz vazn toifasini özgartirgani va bugungi final bahsida kiçik jarohat bilan harakat qilganini ham qöşimça qildi.
«Yarim yil oldin -97 kg vazn toifasida jang qilardim. Hozir 15 kg vazn yöqotganman, çunki Olimpiadada aynan -87 kg vazn toifasida iştirok etiş niyatidaman. Bundan taşqari, qölimda kiçik jarohatim bor edi, böğimimdan lat yegandim. Biroz oğriq bor», - dedi kuraşçimiz.
«Bugungi jangdan xulosalar çiqarib, olğa intilişda davom etamiz. Faoliyatimni yakunlaşimga hali 3-4 yil bor. Taymazov neça yoşgaça kuraş tuşgan? Mening yoşimgaça u ikki karra olimpiya çempioni bölişga ulgurgandi, men-çi? Hozirça yöq. Olimpiada medalini qölga kiritaman, deb umid qilaman. Bu – mening orzum», - dedi 34 yoşli atlet.
Muxbirning: «Eron terma jamoasi bunday muvvaffaqiyatli iştiroki bilan köpçilikni hayron qoldiryaptimi yoki ular har doim mana şunday qatnaşib kelganmi?» degan savoliga Assakalov quyidagiça javob berdi:
«Eronliklarni kuraş jihatdan yaqqol kuçli deb bölmaydi. Köpinça qulay vaziyatlardan unumli foydalanişga erişişadi. Eronlik sportçilar mening janglarimni tahlil qilib, qöllaydigan usullarimni örganib olişgan. Şu bois ulardan ba'zilari bugun iş bermadi. Yarim yil oldin Osiyo çempionati finalida ham -97 kg vazn toifasida eronlik kuraşçiga imkoniyatni boy bergandim. Umuman olganda esa hozirgaça faoliyatimda 7 marta eronlik sportçilarni mağlub etganman».
«Yangi usullar qöllaşni özlaştirişim kerakmi? Yöq, öz usullarimdan voz keçmasdan, reja böyiça işlaşda davom etişim kerak. Bu iş berişiga işonaman», - dedi Assakalov suhbat söngida.
Eslatib ötamiz, Assakalov nimçorak finalda qozoğistonlik Azamat Kustubayevni 2:1, çorak finalda qirğizistonlik Samat Şirdakovni 9:0 hisobida mağlub etgaç, yarim finalda hindistonlik Singh Harpretni undan-da yirikroq – 10:0 hisobida taslim etdi. Eronlik Nuri Hussaynga qarşi keçgan final bahsida sportçimiz 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qöydi.









