Rossiya OAVning ma'lumot berishicha, mashg‘ulotlarda Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya, Xitoy, Hindiston va Pokiston qurolli kuchlarining piyoda qo‘shinlari va aviatsiya bo‘linmalari, harbiy boshqaruv organlari ishtirok etadi. O‘zbekiston vakillari mashg‘ulotlarda kuzatuvchi sifatida qatnashadi. "Tinch missiya - 2018" mashg‘ulotlariga ShHT davlatlarining 3 mingga yaqin harbiy xizmatchilari va 500dan ortiq texnikasi jalb etiladi.
Harbiy mashg‘ulotlar 22 avgust kuni boshlanadi va bir hafta davom etadi.











