16 avgust kuni Özbekiston va Tojikiston işçi doiralari biznes-forumda iştirok etişdi. «Kommersant» naşrida qayd etilişiça, muzokaralar yakuniga köra umumiy miqdori 133,2 mln dollarlik hujjatlar paketi imzolangan. 

Tomonlar neft va gaz, metallurgiya, maşinasozlik, elektrotexnika, kimyo, quriliş va boşqa sohalarga doir kelişuvlarga erişişgan. 

17 avgust kuni Prezidentlar Şavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon "Tojikistonda işlab çiqarilgan" körgazmasiga taşrif buyurişdi va mamlakat işlab çiqaruvçi korxona hamda kompaniyalari yutuqlarining namunalari bilan tanişişdi. 

Mazkur körgazmada Tojikistonning 100 dan ortiq yirik sanoat korxonalari iştirok etdi: «Talko Grup», «Gayur sement» va «Moxir sement», «Faroz», «Şiri Duşanbe», «Angişt» va «Namaki Aşt va Xodjmumin», «Kolinxoi Kayrokkum», «Amiri», «Makolli», «Obi zulol» va boşqalar şular jumlasidandir.