Osiyo öyinlarida Özbekiston delegatsiyasi hisobiga öninçi kumuş medal kelib tuşdi.
Musobaqada velosport böyiça Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Murodjon Xolmurodov finalda 40 km masofani 57:10.52 daqiqada bosib ötdi va 16 iştirokçi orasida ikkinçi natijani qayd etib, Osiyo öyinlari kumuş medali sovrindoriga aylandi. Oltin medal qozoğistonlik sportçi Aleksey Lutsenkoga nasib etdi, yaponiyalik Fumiyaki Beppu uçinçi örinni egalladi.
Şu tariqa, Özbekiston delegatsiyasi medallarining umumiy soni 21taga yetdi. Ayni vaqtda özbekistonliklar umumiy reytingda 4ta oltin, 10ta kumuş va 7ta bronza bilan öninçi örinda bormoqda.












