Özbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisining birinçi örinbosari Kozim Örinboyxöjayev Osiyo velosport konfederatsiyasi boş kotibi vazifasiga saylandi.
Tailandda Osiyo velosport konfederatsiyasining navbatdagi kongressi bölib ötdi. Unda qit’aning barça davlatlaridan delegatlar, milliy velosport federatsiyalari mutasaddilari iştirok etdi. Kongress davomida 2024 yil davomidagi tadbirlar, musobaqalar tahlil qilindi, 2025 yilgi sport taqvim rejasi tasdiqlandi.
Kongressda Osiyo velosport konfederatsiyasining ijro qömitasi a’zoligiga yangi nomzodlar saylandi.
Delegatlarning taklifi va ovoz berişi natijasida Özbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisining birinçi örinbosari Kozim Örinboyxöjayev Osiyo velosport konfederatsiyasi boş kotibi vazifasiga saylandi.
Örinboyxöjayev Kozim Baxtiyoroviç 1986 yil 7 noyabr kuni Toşkent şahrida tuğilgan. Turli yillarda Özbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisining birinçi örinbosari, federatsiya boş kotibi, “Milliy” stadioni direktori lavozimida işlagan.













