Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston iqtidorli yoşlarini taqdirlaş va moddiy rağbatlantiriş töğrisida” 2008 yil 13 oktabrdagi 226-son qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yönalişlari talabalari uçun Özbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalari, nomli Davlat stipendiyalari va ularni tayinlaş tartibi töğrisida nizom tasdiqlanişi mumkin.

Şu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktabrdagi 226-son qarorining 3-ilovasi öz kuçini yöqotgan deb topiladi.

Nizomga köra, oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yönalişlari talabalari uçun Özbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari davlat oliy ta'lim muassasalarida butun öqişi davomida faqat a'lo baholarga öqiyotgan oxirgi kurs Özbekiston Respublikasi fuqarolari bölgan talabalarga tayinlanadi.

Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Uluğbek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyalari (keyingi örinlarda — nomli davlat stipendiyalari deb yuritiladi) Özbekiston Respublikasi davlat oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat böyiça öqiyotgan oxirgi ikki kurs Özbekiston Respublikasi fuqarolari bölgan talabalarga tayinlanadi.

Kelgusi öquv yili uçun Özbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari soni joriy öquv yili oxirida Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi Özbekiston Respublikasi davlat oliy ta'lim muassasalari böyiça nomli davlat stipendiyalarini taqsimlaşni ta'lim ixtisosiga va talabalar soniga muvofiq amalga oşiradi.

Stipendiyalarni tayinlaş uçun quyidagi mezonlarni bajariş belgilanadi:

a'lo öqiş va ilmiy (ijodiy) işlarda iştirok etiş;

kamida ikkita e'lon qilingan işlar (asarlar)ning mavjudligi;

tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy (Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi mamlakatlari davlat tillaridan taşqari) tilni biliş, bakalavriatdagi ta'lim yönalişi xorijiy til hisoblangan alohida hollarda qöşimça ravişda yana bitta xorijiy tilni biliş talab qilinadi;