Ilk bora taşkillaştirilayotgan mazkur festival doirasida şaharning Islom Karimov köçasida barpo etilgan 120 dan ziyod savdo rastalarida uç kun davomida milliy hunarmandlarimiz — qandolatçilar, nonvoylar, kulollar, minatyuraçilar, keramik mahsulot işlab çiqaruvçilar, zardözlar, kaştadözlar, gilamdözlar, şuningdek, şohi, atlas va adras kabi matolarni işlab çiqaruvçilar, öyinçoq yasovçilar, piçoqçilar va boşqa hunarmandlar öz mahsulotlari bilan qatnaşişmoqda.
Festivalni Samarqand viloyat hokimining turizmni rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari Botir Nurullayev oçib berdi.
Samarqand viloyat hunarmadlari uyuşmasi boşliği Umid Hakimovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, festivalda Samarqand şaharidan 100 ga yaqin hunarmandlar öz mahsulotlari bilan qatnaşişmoqda. Bundan taşqari, Özbekistonning boşqa viloyatlaridan ham hunarmandlar festivalda iştirok etişmoqda.
Bundan taşqari, köça böylab havo şari parvozi taşkil qilingan. Ötloqlarda yoş rassomlarning körgazmalari taşkillaştirilgan. Köça mahalliy xalq bilan birgaliklar şahar mehmonlari va xorijdan taşrif buyurgan turistlar bilan juda gavjum böldi.
Islom Karimov köçasi böylab örnatilgan sahnalarda samarqandlik taniqli san'atkorlar va folklor-etnografik guruhlari tomonidan ijro etilgan milliy kuy-qöşiqlar, raqslar şahar mehmonlariga taqdim etildi.










