Pitstsa – dunyodagi eng maşhur taomlardan biri. Va albatta har bir pitssaxonada “Margarita” nomli asosiy pitssa turi mavjud böladi. Nima uçun klassik italyan taomiga ayollarning bunday çiroyli ismi berildi?

Pitstsaga öxşagan ilk taomlar inson tomonidan ming yillar avval tayyorlangan. Pitstsa prototiplari rimliklar va qadimgi greklar tomonidan pişirilgan. Biroq antik pitssalarda undagi asosiy tarkibiy qism – tomatlar bölmagan. Ular Yevropaga Janubiy Amerikadan XVI asr boşlaridagina keltirilgan. Şuning uçun qadimiy pitssa - ustiga turli yeguliklar solingan pişgan xamir bölagi körinişida edi.
Zamonaviy pitssani esga soluvçi taom ilk bor XVI asr örtalarida Italiyaning Neapol şahrida tayyorlangan deb hisoblanadi. Biroq pitssani öşa vaqtning hurmatga sazovor odamlarining taomi bölgan deb hisoblaş notöğri. Aksinça, u qaşşoqlar yeguligi edi: hatto boy bölmagan dehqon ham xamir qoldiğini ingiçka qilib yoyib, ustiga uyidagi mahsulotlar – göşt, pişloq va kökatlarni solib, tayyorlaşi mumkin bölgan. Qisqa vaqt davomida pitssa italiyalik oddiy odamlarning sevimli taomiga aylandi. XVII asr boşlarida esa hatto alohida kasb – pizzaiolo – dehqonlar uçun pitssa tayyorlaydiganlar paydo böldi.
Bu holat ön yillab, va nihoyat, pitssani yuqori qatlam vakillari tatib körgunlariga qadar davom etdi. Italiya qirolining turmuş örtoği Savoyalik Margarita oddiy xalq qanday yaşaşi bilan qiziqişga qaror qildi. 1889 yilda oddiy tumanlardan biriga taşrif buyurdi va dehqonlarning yeguligini tayyorlab berişni söradi. Oşpazlar qiroliçaning taşrifidan esankirab qolişdi va Hazrati oliyalari örgangan dengiz mahsulotlari va göştni tayyorlaşga ulgurmay qoldilar. Xayolotni işga solişga töğri keldi: xamirdan tayyorlangan non ustiga şoşilinçda tayyorlangan tomat qaylasi, pomidor bölaklari, kökatlar va pişloq sepildi. Aytişlariça, qiroliçaga bu oddiy, biroq juda mazali taom şu darajada yoqdiki, uning şaxsiy oşpazlari retseptni yozib olişdi. Xalq orasida esa qöşimça mahsulotlar solinmagan pitssa turi butun Yevropaga taomni maşhur qilgan Italiya qiroliçasi şarafiga “Margarita” deb atala boşlandi.

Savoyalik Margarita
Bu qiziq: Italiya aholisi orasida mamlakat bayroği kelib çiqişining öziga xos talqini maşhur. Ma'lum bölişiça, undagi ranglar pitssani anglatar ekan: qizil – tomat qaylasi, oq – motsarella pişloği, yaşil – Italiya kökatlari.










