Ommaviy axborot vositalarida tungi klublar mavzusi yana tilga olina boşladi. Şamol bölmasa, daraxtning uçi qimirlamaydi, deyişadi. Bu bejiz emasdek. Çunki, içki işlar vaziri Pölat Bobojonov tungi vaqtlarda işlovçi restoranlar, kafe va boşqa köngiloçar maskanlarga xavfsizlikni ta'minlaş böyiça muayyan talablar qöyilişi töğrisida ma'lum qilgan edi. Oradan heç qança ötmay telegramdagi davletovuz kanalida uning faoliyatiga huquqiy yeçim topilişi haqida xabar tarqatildi.

«Aytişlariça, Içki işlar vazirligi tomonidan tungi klublarda jamoat xavfsizligini ta'minlaş böyiça hukumat qarori loyihasi işlab çiqilayotgan ekan. Çindan ham, tungi klublarda yuz bergan oxirgi insidentlar  sababli uşbu masala jamiyatimiz kun tartibiga çiqqan edi. Hukumat şularni hisobga olgan holda maqbul yeçimni izlayotganga öxşaydi. Çunki, ma'lum bölişiça, respublika böyiça ikki yuzga yaqin tungi klublar faoliyat yuritsa-da, ularda huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini ta'minlaş böyiça umumiy talablar belgilanmagan. Hamma öz bilganiça iş tutadi.

Oxirgi voqealar, ayniqsa, Yunusoboddagi «Aurum 898» tungi klubidagi hodisalar şuni körsatdiki, odamlarimiz uçun tungi klublar juda bahsli, nozik masala. Agar uşbu masala tartibga solinmas ekan, tungi klubdagi har bir holat uçun jamoatçilikning qahriga duç kelaveramiz.

Dunyo körgan yurtdoşlarimiz biladiki, eng yaxşi şahar, istaymizmi-yöqmi, tungi hayoti bor şahar. Tungi hayot har qanday megapolisning eng muhim atributlaridan biri sanaladi. Ayniqsa, bizga öxşab şahar aholisining yarmidan köpini yoşlar taşkil etadigan mamlakatlar uçun bu juda muhim. Koşki yoşlarni soat 23:00dan keyin uyga qamab qöyiş bilan biror maqsadga erişa olsak. Albatta, şuni unutmaslik kerakki, tungi hayot tungi klublardan iborat degani emas.

Yana bir masala. Özbekiston bugun öz eşiklarini turistlarga keng oçayapti. Bunday paytda turistlar faqat tarixiy obidalarni körib, mazza qilib ketadi, deyiş bilan iş bitmaydi. Özbekiston şaharlari faqat pensioner turistlarni emas, balki yoş sayyohlar uçun ham qiziq, qaynoq va jozibali bölişi kerak. Faqat bitta şarti bor: tungi klub va boşqa köngiloçar maskanlar atrofdagi odamlarning halovatini, oromini buzmasin, bunday joyga borgan odamning hayoti, soğliğiga birov xavf solmasin», deyiladi unda.

Xabarda ilgari surilgan takliflarga qöşilgan holda aytiş mumkinki, çindan ham sönggi vaqtlarda tungi klublarda sodir bölgan köngilsiz hodisalar odamlarimiz uçun bahsli, xavotirli masalaga aylandi.