«Barselona» va «Atletiko» öz öyinlarida ğalaba qozondi, «Real» bugun öynaydi
|14:10 / 26.08.201812 6675 min
Foto: BarselonaFoto: Barselona
«Barselona» Ispaniya Primerasining 2-turida «Valyadolid» ustidan ğalaba qozondi. Valyadoliddagi «Xose Sorrilya» stadionida keçgan uçraşuv mehmonlar jamoasining 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan tugadi.
Öyindagi yagona gol 57-daqiqada urildi. Luis Suaresning yuqorilatib uzatgan töpini Serxi Roberto boşi bilan zarba beriş uçun qulay vaziyatda turgan Usmon Dembelega taşlab berdi va fransiyalik futbolçi raqib darvozaboniga imkoniyat qoldirmadi.
Endilikda «Barselona» 6 oçko bilan turnir jadvalida peşqadamlik qilmoqda. Jamoa birinçi turda «Alaves»ni 3:0 hisobida mağlub etgandi. «Valyadolid» ötgan turda «Jirona» bilan durang öynagandi (0:0), jamoada ayni vaqtda bir oçko bor.
Çempionatning keyingi turi doirasida «Barselona» 2 sentabr kuni «Ueska»ni qabul qiladi, «Valyadolid» 31 avgust kuni «Xetafe» mehmoni böladi.
«Atletiko» esa öz uyida «Rayo Valekano»ni mağlub etdi. Madriddagi «Vanda Metropolitano» stadionida keçgan uçraşuvda mezbonlar 1:0 hisobida ğalaba qozondi.
Öyindagi yagona gol ikkinçi bölim örtalarida Antuan Grizmann tomonidan urildi. Frantsuz futbolçisiga burçak zarbasi amalga oşirilganidan keyin havoda töp uçun kuraşda ğolib çiqib töpni qulay nuqtaga taşlab bergan Stefan Saviç assistentlik qildi.
«Atletiko» birinçi turda «Valensiya» bilan durang öynagandi (1:1) va endilikda 4 oçko bilan turnir jadvalida uçinçi örinda joylaşgan. «Rayo» qatorasiga ikkinçi mağlubiyatdan keyin oxirgi örinda, birinçi turda jamoa «Sevilya»ga yirik hisobda mağlub bölgandi (1:4).
Keyingi tur doirasida «Atletiko» 1 sentabr kuni «Selta» mehmoni böladi, şu kuni «Rayo» «Atletik»ni qabul qiladi.
Tur doirasidagi boşqa öyinlarda «Alaves» «Betis» bilan durang öynadi (0:0), «Xetafe» «Eybar»ni mağlub etdi (2:0), «Leganes» öz maydonida «Real Sosedad»ni yenga olmadi.
Bugun tur doirasida «Real» «Jirona» mehmoni böladi, «Valensiya» ham Kataloniyada «Espanol»ga qarşi öynaydi, «Sevilya» «Vilyarreal»ni qabul qiladi. 27 avgust kuni esa «Levante» «Selta» bilan, «Atletik» «Ueska»ga qarşi öynaydi.