Oliy Majlis Senat raisi birinçi örinbosari Sodiq Safoyev boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Fransiyaga taşrifi davomida Thales Alenia Space kompaniyasi vitse-prezidenti E.Imbert bilan uçraşdi. Muzokaralar davomida Özbekistonda kosmik sohasini rivojlantirişda özaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama etildi.
Özbekiston delegatsiyasi vakillari Thales Alenia Space kompaniyasining kosmik sun'iy yöldoşlarini yiğiş böyiça işlab çiqariş obektlarida bölişdi.
Fransiya kompaniyasi mahalliy kosmik ilm-fanini rivojlantiriş şart-şaroitlarini yaratiş va mamlakatni innovatsion rivojlantirişda uning yutuqlaridan keng foydalaniş hamda bu sohadagi xalqaro hamkorlikni kengaytirişga doir amalga oşirilayotgan çora-tadbirlarni yuqori baholadi.
Tomonlar kompleks kosmik tizimlarga oid loyihalarni birgalikda amalga oşiriş, şu jumladan Özbekiston hududida mahalliy mutaxassislarni öqitiş uçun texnologik baza faoliyatini taşkil qilişdan manfaatdor ekanliklarini bildirişdi.
Thales Group – Fransiyaning aeronavtika, kosmos, mudofaa, sun'iy yöldoş texnologiyalari va havo harakatini boşqariş sektorlaridagi yetakçi xalqaro sanoat kompaniyalaridan biri. Dunyoning 56 mamlakatida kompaniya faoliyati yölga qöyilgan. Xodimlarning umumiy soni - 64 ming kişidan ziyod. Örtaça yillik aylanma 16 milliard yevroga yaqin. Thales Group Özbekistonda öz vakolatxonasiga ega.












