2017 yil söngidan buyon Ilon Maskning Tesla’sidan Apple’ga kamida 46 nafar xodim köçib ötgan, deb xabar bermoqda CNBC öz manbalari va LinkedIn ijtimoiy tarmoğidagi ma'lumotlarga asoslanib.

Apple’ga dasturçilar, texnologlar, xavfsizlik sohasi xodimlari, yetkazib beriş va logistikaga mas'ul xodimlar ötişmoqda, deyişgan telekompaniya hamsuhbatlari.

Ular nafaqat Apple’ning öziyurar avtomobilini loyihalaştirişda, boşqa loyihalarda ham iştirok etişadi, degan manbalardan biri.

Iyul oyida kompaniyaga Tesla’ning işlanmalar böyiça sobiq katta vitse-prezidenti Dag Fild ötgan, ijtimoiy tarmoqlarda u hozirça iş joyi özgarganini ma'lum qilmagan. Uning ketişi Tesla’dagi axloqiy muhitga salbiy ta'sir ötkazgan, deya ta'kidlaşgan CNBC’ning bir neça manbalari.

Apple’ga ötiş sabablari sifatida kişilar kattaroq maoş va kompaniya aksiyalarining muttasil ösib borayotganini körsatişgan. Apple mutaxassislari maoşi Tesla’dagidan bir yarim barobar köproq, San-Frantsiskodagi hayot esa qimmatlik qilmoqda, deyişgan telekompaniyaning bir neça suhbatdoşi.

Tesla’dagilar öz kompaniyasida işlaş oson emasligini ta'kidlab, xodimlariga köproq maoş tölay olmasligini bayon qilişgan, çunki kompaniyadagi pullar «Apple’dagidan yuz barobar kamroq».

Tesla vakili SNBC’ga bergan intervyusi çoğida kompaniyadan xodimlarning çiqib ketişi ortayotganini rad etgan. Aksinça, uning aytişiça, sönggi yil içida xodimlari qönimsizligi uçdan bir qismga qisqargan va kompaniyaga yangi xodimlar ham kelgan, jumladan, Apple’dan ham.

Eslatib ötamiz, iyun oyida Tesla rahbari Ilon Mask xarajatlarni qisqartiriş va elektromobillar işlab çiqariş rentabelliligini saqlab qoliş maqsadida 9 foiz xodimlarini, ya'ni 4 mingdan ziyod kişini işdan böşatişini e'lon qilgan edi.

Avgust oyida esa Tesla kompaniyasi qatorasiga oltinçi çorak rekord darajada ziyon körayotgani ma'lum böldi.