Indoneziyada XVIII Osiyo öyinlari davom etmoqda.
Bugun futbol turniri doirasida çorak final bahslari ötkaziladi. Bu bosqiçda Ravşan Haydarov boşçiligidagi Özbekiston olimpiya terma jamoasi janubiy koreyalik raqiblarga qarşi maydonga tuşadi. Öyin Toşkent vaqti bilan soat 14:00da boşlanadi.
Çorak final doirasida quyidagi öyinlar bölib ötadi:
14:00 – Özbekiston – Janubiy Koreya
14:00 – Saudiya Arabistoni – Yaponiya
17:30 – Suriya – Vetnam
17:30 – BAA – KXDR

Özbekiston – Janubiy Koreya
Özbekiston olimpiyaçilari turnirda 4 öyinda bitta ham gol ötkazmagan ikki jamoadan biri bölib turibdi (13:0). Özbekistonliklar guruh bosqiçida B guruhida 100 foizlik natija qayd etişdi, avvaliga Bangladeş 3:0 hisobida mağlub etildi, Qatar darvozasiga 6ta javobsiz gol yöllandi, Tailand bilan öyinda esa minimal ustunlik saqlab qolindi - 1:0. Özbekiston guruh bosqiçida 9 oçko bilan birinçi örinni egalladi. Ikkinçi örindagi Bangladeş 4 oçko bilan ikkinçi böldi.
Nimçorak finalda esa Ravşan Haydarov qöli ostidagi jamoa Hongkongga 3ta gol urib, darvoza daxlsizligini saqlab qoldi.

4 öyinda 4 gol urgan Zabihullo Örinboyev jamoaning asosiy töpurari bölib turibdi. Şuningdek, Ikrom Aliboyev hisobida 3ta, Dostonbek Hamdamov va Javohir Siddiqov hisobida 2tadan gol bor.
Janubiy Koreya turnirning asosiy favoritlaridan. E guruhida iştirok etgan janub koreyslari dastlab Bahraynni tiz çöktirişdi - 6:0. Ikkinçi turda esa kutilmaganda Malayziyaga 1:2 hisobida mağlub bölindi. Qirğizistonga qarşi uçinçi tur öyinida kiçik hisobdagi ğalaba qayd etildi va jamoa Malayziyadan keyin ikkinçi örin bilan guruhdan çiqdi. Öz-özidan keyingi bosqiçda kuçli raqib tuşdi. Eronga qarşi qiyin öyinda Janubiy Koreyaning qöli baland keldi - 2:0.

Janubiy Koreya ham turnirga kuçli tarkib bilan kelgan. 23 yoşgaça bölgan futbolçilardan taşqari tarkibga jalb etilgan 3 nafar yoşi katta futbolçilar qatorida «Tottenhem» hujumçisi Son Xyon Min ham bor. U terma jamoa bilan Osiyo öyinlarida ğolib böliş orqali 2 yillik armiya xizmatidan xalos bölişni istaydi. Agar u maqsadiga erişa olmasa, qolganlar qatori armiyada xizmat qilişi lozim, bu holda uning London klubidagi kelajagi xavf ostida qoladi.











