17:02 / 27.08.2018
25800

Qashshoqlar odatlari: ulardan qanday qilib xalos bo‘lish mumkin?

Qashshoqlik o‘zimizning xayollarimizda ekan. Ko‘pchilik badavlat kishilar yetuk iste'dod egasi emas, har doim ham ter to‘kib mehnat qilmaydi. Shunga qaramay, ularning puli ko‘p. Ko‘pchilik mehnatkashlarda esa yo‘q. Nima qilish kerak? Fikrlashimizni tartibga solib, qashshoq bo‘lishga majburlaydigan odatlardan batamom xalos bo‘lish.

Foto: Pexels

Olish va berish – qanday qilish to‘g‘ri?

Imkoniyatingiz bo‘lmasa, odamlarga yordam berish joiz emas. Barini o‘zingizga olib, o‘rniga hech nima bermay, iste'molchiga aylanish ham kerak emas. Muvozanatga amal qiling: ochiq, haqgo‘y va faol bo‘ling.

Diqqatni istaklarga qarating

Mag‘lubiyatlaringizning barini miyada aylantirish bilan bog‘liq hislar tanishmi? Xayolan pul yo‘qligi, kiyimlaringiz eskirgani, polizdagi kartoshka tugayotgani, yangi hosil hali o‘sib chiqmaganidan o‘zingizga shikoyat qilasiz. Bundan xalos bo‘ling. Diqqatni imkoniyatlarga qaratish kerak. Vositalarni qanday ko‘paytirish, maqsadga erishish va istaklarni amalga oshirish haqida o‘ylab ko‘ring. Muammolarni bir chetga suring, ana o‘shanda ular o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.

Zavq bilan ishlash

Mashina, kompyuter, avtomatlashtirish mehnat jarayonini osonlashtirdi – endi uzoq va ko‘p ishlash shart emas. Muhimi – aqlni ishlatib mehnat qilish va o‘z ishini topish. Ko‘zingiz yonishiga sabab bo‘ladigan ish nafaqat xursandchilik, balki daromad ham olib keladi.

Foto: Pexels

Bolalikdagi fikrlar

Ota-onalarimiz «Pul – qo‘lning kiri», «Boylar ham yig‘laydi» kabi fikrlarni miyamizga quyishgan. Aynan shu so‘zlar bilan bizda kambag‘allik fikrlari shakllanishiga zamin yaratdilar. Biz esa katta daromadga og‘ir mehnat bilan erishiladi, degan fikrga ishonamiz. Katta daromadga munosib ekaningizni tushuning va bundan uyalmang. Mehnat evaziga munosib haq to‘lanishi kerak. Buni bilishingiz lozim.

Qulaylik zonasi

Ko‘pchilikning ehtiyojlari qanday? Haftada bir marta supermarketdan bozor qilish, qishki palto uchun oylikdan hech bo‘lmaganda ikki yuz ming olib qo‘yish. Badavlat kishilar esa bu ro‘yxatga dunyoning boshqa mamlakatlarida dam olish, restoranlarga borish va h.k.larni kiritishadi. Shuning uchun bunday hayot ular uchun normaga aylangan. O‘z ro‘yxatingizga siz ham shunday narsalarni qo‘rqmasdan kiriting. Ana o‘shanda siz ham aynan shunday yashashni boshlaysiz.

Foto: Pexels

Qarzlar-chi?

Kredit, soliq yoki kommunal xarajatlarni to‘layotganingizda jahlingiz chiqsa kerak. Bunday bo‘lmasligi uchun o‘zingizni qarzdan xalos bo‘layotgandek his qiling.

Pullarni nima qilish kerak?

Ko‘pincha katta mablag‘dan qo‘rqamiz. Ko‘p miqdordagi pulni qanday ishlatishni o‘rganing. Ular bor-yo‘g‘i maqsadlarga erishish vositasi.

Ichki qadriyat

O‘zingizni yoqtirmasangiz, atrofdagilar sizni nima uchun sevishlari kerak? Bu maoshga ham tegishli: o‘zingizni odatiy xodim deb o‘ylasangiz, sizga haq to‘lash kerak bo‘lgan jihatlar ham yo‘q. Professionalligingizni oshiring, shaxsiy bilimga sarmoya kiriting, o‘z-o‘zingizni rivojlantirish bilan shug‘ullaning va shaxsiyatingizni qadrlashni o‘rganing. Agar o‘zingizga ishonsangiz, qimmatingizni boshqalar ham ko‘radi.

Foto: Pexels

Kun kechirish uchun pul topish

Agar yoningizda aksiya bo‘yicha sotilayotgan buyum va siz tanlashni istagan buyum bo‘lsa, qay birini tanlaysiz? Chegirmaga berilayotganini olish ehtimolingiz katta. Bu esa qashshoqlar odati. Badavlat kishilar pul ishlab topish va ularni olish istagi tufayli qo‘lga kiritishga o‘rganishgan. Narxi arzon bo‘lgani uchun diqqatlarini zerikarli narsaga qaratmasalar kerak.

Minnatdorlik

Odamlar va hayotga g‘amxo‘rlik, imkoniyat uchun minnatdorchilik bildiring. Ijobiy munosabat maqsadga erishish uchun muhim, ezgulik jahldorlikdan bir necha marta ustun.

O‘zingizda bu odatlardan hech bo‘lmaganda bittasini topdingizmi?

Mavzuga oid
Top