Fan-texnika | 23:52 / 27.08.2018
24670
3 daqiqa o‘qiladi

Sakkiz yilda tayyor bo‘lgan giperkar: 1750 ot kuchi va soatiga 480 km tezlik 

Foto: SSC North America

Amerikaning SSC North America (Shelby SuperCars) kompaniyasi Tuatara giperkarini namoyish etdi. Uning asosiy xususiyati – qudratli motori: ikkita turbinali V8 motori 1750 ot kuchiga ega.

Giperkar nomi Yangi Zelandiyada yashovchi kaltakesak nomidan olingan. «Tuatara» so‘zi maori tilida «yelkadagi taroq» ma'nosini bildiradi. Mashinaning tashqi ko‘rinishi bu ta'rifga mos keladi: eshiklar ortida ikkita qanot, orqa qismida esa aerodinamik suzgichlar joylashgan.

Foto: SSC North America

Shassi va kuzov ugleplastik karkas asosiga qurilgan. Tashqi panellar ham ana shu xomashyodan tayorlangan. Shu sababli mashinaning vazni atigi 1247 kilogrammni tashkil etadi.

Foto: SSC North America
Foto: SSC North America

Dvigatel Los-Anjyelesdagi Nelson Racing Engines atelesida tayyorlangan bo‘lib, ikkita turbina bilan jihozlangan. U oddiy benzinda 1350 ot kuchi, Ye85 benzin-spirt aralashmasida 1750 ot kuchiga teng quvvatga ega bo‘ladi. 

Foto: SSC North America
Foto: SSC North America
Foto: SSC North America

Olti pog‘onali transmissiya Italiyaning Cima firmasiga tegishli. Pagani Zonda, Koenigsegg, Gumpert Apollo kabi superkarlar ana shunday transmissiyaga ega.

Foto: SSC North America

Mashina dizaynini amerikalik dizayner Jyeyson Kastriota yaratgan. U avval Pininfarina atelesida ishlagan bo‘lib, Ferrari 599 GTB Fiorano va Maserati GranTurismo superkarlari yaratilishida ishtirok etgan.  

Foto: SSC North America
Foto: SSC North America

SSC Tuatara dunyodagi eng qudratli yo‘l avtomobillaridan biri bo‘lishi mumkin. Bugatti Divo motori 1500, Koenigsegg Regera motori 1600 ot kuchiga ega. SSC muhandislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, avtomobilning maksimal tezligi soatiga 480 kilometrga teng bo‘ladi.

Foto: SSC North America

Shelby SuperCars kompaniyasiga 1998 yilda Jyerod Shelbi asos solgan. Kompaniya Ginnessning rekordlar kitobiga kirganidan so‘ng mashhurlikka erishgan: 2007 yilda SSC Ultimate Aero TT avtomobili tezligini soatiga 412,28 kilometrga yetkazgan. Kompaniyaning ushbu superkari uch yil davomida dunyodagi eng tezyurar avtomobil deb hisoblangan, so‘ngra Bugatti Veyron

SSC Ultimate Aero TT
Foto: SSC North America
SSC Ultimate Aero TT
Foto: SSC North America

Super Sport (soatiga 431 kilometr) ushbu nomni qo‘lga kiritgan.

Mavzuga oid