Şri-Lankada joylaşgan Vega Innovations firmasi mart oyida bölib ötadigan Jyeneva avtosalonida özining birinçi loyihasi - töliq privodli elektr superkar Vega EVX’ni taqdim qilmoqçi.

Superkar 408 ot kuçiga ega ikkita elektromotor va litiy-temir-fosfat akkumulyator blan jihozlanadi. Ta'kidlanişiça, maşina 100 km/soat tezlikka 4 soniyada erişadi va bir quvvatlanişda 240 km yöl bosa oladi. 

Maşinada bir qator innovatsion yeçimlar qöllangan bölib, ular orasida kuç qurilmasini boşqarişning ilğor algoritmlari, elektr ta'minotni nazorat qiliş tizimi va boşqaruvçi dasturiy ta'minot sanab ötilgan. Vega EVX harakatlaniş polosasini nazorat qiliş, yöl belgilari va piyodalarni taniş funksiyalariga ega yarimavtonom boşqaruv tizimini ham oladi.

Vega Innovations asosiy faoliyati dasturiy ta'minot işlab çiqiş hisoblangan CodeGen Group kompaniyasi tarkibiga kiradi.