Sotheby’s auksion uyi BAA poytaxti Abu-Dabida ötkazgan auksionda mexanik uzatişlar qutisi va tomsiz Pagani Zonda Aether superkarini rekord narxga sotdi.
Avtomobil 6182000 dollarga yoki 22 mln 700 ming dirhamga sotilgan. Bugungi kunga kelib bu maşina “Zonda”ning auksionda sotilgan eng qimmatbaho nusxasi sanaladi.
Superkar rodster kuzovida işlangan bölib, 7,2 litrli, 12 silindrli, 759 ot kuçiga ega dvigatel bilan jihozlangan. Dvigatel bilan birga mexanik turdagi 6 poğonali uzatmalar qutisi işlaydi.

Auksion taşkilotçilari maşina uçun dastlab 4,4 mln dollardan 5,5 mln dollargaça olişmoqçi bölişgan.
Eng qimmatbaho yangi avtomobil nomi ham “Zonda”ning modifikatsiyalaridan biriga tegişli bölib, avtomobil markasi rahbari Goratsio Paganining aytişiça, 2018 yilda taqdim qilingan va uç nusxada çiqariladigan maşinadan har biri 15 mln yevro turadi.















