Afğonistonning ENTOP kompaniyasi muhandislari öz mamlakati tarixidagi Mada 9 deb nomlangan va kompozit materiallardan tayyorlangan birinçi superkar prototipini taqdim etdi. 

Afğonistondagi hokimiyatni nazorat qiluvçi «Tolibon» harakati vakili Zabihullo Mujohid superkar suratini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi. Şuningdek, uşbu maşina yurti uçun faxr ekanini aytib, beş yil davomida bu model ustida işlagan barça mutaxassislarga minnatdorçilik bildirdi. 

ENTOP kompaniyasi rahbari Muhammad Rizo Ahmadiy Mada 9 avtomobili Afğonistonning jahon miqyosidagi obrösini yaxşilaşga yordam berişiga işonç bildirdi. Biroq u avtomobilning texnik xususiyatlarini oşkor qilmadi.