Avgust boşlarida Alişer Usmonov Londonning «Arsenal» klubining öziga tegişli aksiyalar paketini (30%) klubning asosiy aksiyadori Sten Kronkega naqd 550 mln funt sterlingga sotişga qaror qilgani ma'lum böldi. Bir haftadan söng Bloomberğga bergan intervyusida rossiyalik milliarder futbol bilan xayrlaşmoqçi emasligini va boşqa jamoalarga investitsiya kiritiş  masalasini körib çiqayotganligini bildirdi.

Usmonov jurnalistlarga bir neçta, xususan, Myunxenning «Bavariya», Italiyaning «Milan» va «Roma» klublari muxlisi ekanligini ma'lum qildi. Agarda foydali taklif bölsa, milliarder «bu kelişuvni körib çiqişga tayyor».

Ammo yuqorida nomlari aytilgan klublar istiqbolli emas. Nemis futbolidagi qoidaga köra, aksiyalarning nazorat paketi (50+1) klubda qolişi kerak, şu sababli heç qanday pul evaziga klubning yagona xöjayini bölişning imkoni yöq. Çeklovni aylanib ötiş yöllari ham bor, ammo buni aksiyadorlari Adidas, Audi va Allianz SE (8,33%dan) bölgan «Bavariya» bilan amalga oşirib bölmaydi.

«Milan» yaqindagina Elliott Management Corp investitsion guruhi boşqaruviga ötdi va moliyaviy holatini yaxşilamagunça sotilmaydi. «Roma» yetti yildirki amerikalik milliarder Jyeyms Palottega tegişli bölib, keskin marketingni amalga oşirmoqda va 2020 yilda yangi stadionga köçib ötmoqçi.

Usmonov uçun Liverpulning 140 yillik tarixga ega «Everton» jamoasi qiziqarliroq körinmoqda.

Hozirda klubning asosiy egasi Usmonovning qadrdon dösti va biznes hamkori Farhod Moşiri hisoblanadi. Ular 1990-yillar boşlarida tanişişgan, 2007 yilda esa birgalikda «Arsenal» aksiyalarini sotib olişgan. Usmonov 2016 yilda Moşirining «Arsenal»dagi uluşini, Moşiri esa «Everton»ning 49,9% aksiyasini sotib olgan. Ayrim manbalarning ta'kidlaşiça, Moşiri 2018 yilda «Everton» direktorlaridan biri Jon Vudsning uluşini sotib olib (8,9%) klubning asosiy xöjayiniga aylanişi mumkin. U holda Moşiri klub ustidan töliq nazoratni qölga kiritadi va uni eski şerigi bilan bölişişni rad etmaydi.

Usmonov 2017 yil boşidayoq Moşirining loyihasiga qiziqiş bildirgandi: USM kompaniyasi yiliga 6 mln funt sterling evaziga «Everton»ning Finch Farm maşğulot bazasi homiysiga aylangan. Yaqinda bergan intervyusida esa milliarder klubga yanada kattaroq investitsiya kiritiş «ehtimoli borligini» va agarda Moşirini qöllab-quvvatlaş kerak bölsa «unga yordam berişdan xursand bölişini» aytdi. Usmonovdagi imkoniyatlar bilan premer-liganing örtaça jamoasini yuqori darajadagi jamoaga aylantiriş ehtimoli keskin oşadi.  

Sportdagi muvaffaqiyatlar nuqtai nazaridan olib qaraganda jamoaning natijalari maqtangulik emas. «Everton»ning 2017 yilda yangi öyinçilar uçun 142,4 mln funt sterling sarflaşi (ikki «Mançester» va «Çelsi»gina undan köproq pul sarflagan) heç narsa bermadi: jamoa çempionatda 8-örinni egalladi va hattoki Yevropa Ligasiga ham ilaşa olmadi. Bu yil transfer xarajatlari kamtarona böldi (£99,8 mln), biroq «Everton» «Arsenal», «Siti» va «Yunayted»dan köra köproq xarajat qildi.