Myanma harbiylari qatliom maqsadida musulmon roxinja xalqini ommaviy ravişda qirgan va zörlagan. Bu haqda BMT tergovçilarining ma'ruzasida ma'lum qilindi, deb xabar berdi Reuters.
Hujjatda qayd etilişiça, davlat maslahatçisi Aun San Su Çji boşçiligidagi fuqarolik hukumati kamsonli xalqqa nisbatan nafrat tarğibot qilinişiga ruxsat bergan, hujjatlarni yöq qilgan va roxinjalarni harbiylarning ularga qarşi jinoyatlaridan himoya qila olmagan. Hukumat şu tarzda yovuzliklarga öz hissasini qöşgan.
Oğir jinoyatlarni taşkil etganlik uçun boş qömondon va beş general qonun oldida javob berişlari darkor.
BMTning Myanmadagi jinoyat alomatlarini aniqlaş böyiça mustaqil xalqaro missiyasi ma'lumotlariga köra, armiyaning roxinjalarga nisbatan harakatlari haqiqiy tahdidga nomutanosib bölgan. Rakxayn ştatidagi jinoyatlar va ularning sodir etiliş uslublari xususiyati va jiddiyligi jihatidan qatliom ötkaziş maqsadi bilan bir xil, deb hisoblaşmoqda ekspertlar. Ma'ruzada yuqori darajadagi mansabdorlarni javobgarlikka tortiş uçun dalillar yetarli ekanligi ta'kidlangan.
Rakxayn ştatidagi vaziyat 2017 yil 25 avgustda keskinlaşgandi. "Arakan roxinjalarni qutqariş armiyasi" jangarilari 30ta politsiya punktiga hujum uyuştirganidan söng Myanma hukumati hududda harbiy operatsiya boşladi. Töqnaşuvlarda 400dan ortiq kişi halok böldi. Olti yuz mingdan ortiq tinç aholi öz uylarini tark etdi va Bangladeş bilan çegaradoş tumanlarga yöl oldi.
Roxinjalar etnik musulmon bengallar bölib, XIX—XX asrlarda britaniyalik mustamlakaçilar tomonidan Myanmaning Arakan ştatiga köçirib keltirilgan. Soni 1,5 milliondan oşadigan roxinjalar Rakxayn ştati aholisining katta qismini taşkil etişadi, ammo ularning ozçilik qismi Myanma fuqaroligiga ega.












