Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida prezidentning “2019 yil hosili uçun kuzgi boşoqli don ekinlari navlarini joylaştiriş va boşoqli don işlab çiqarişning prognoz hajmlari töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlantiriş vazirligi, Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimliklarining boşoqli don yetiştiruvçi fermer xöjaliklari bilan “Özdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvçi don korxonalari örtasida don sotiş va oliş böyiça kontraktatsiya şartnomalarini tuziş takliflariga rozilik berilişi rejalaştirilgan.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari, “Özdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasiga:
2019 yil hosili uçun ekiladigan kuzgi boşoqli don ekinlari uruğlarini yetarli miqdorda nav va avlodlar böyiça tozalaş, saralaş, dorilaş, qoplaş va sertifikatlaştiriş;
suğoriladigan maydonlarda asosan birinçi va ikkinçi reproduksiyali va lalmi maydonlarda uçinçi reproduksiyadan past bölmagan uruğlik donni ekiş uçun işlatiş;
boşoqli don ekinlarini yetiştiruvçilar tomonidan ğalla navlarini joylaştiriş böyiça tasdiqlangan qarorning sözsiz bajarilişini ta'minlaş topşiriladi.
Bunda Respublika hududida ekiş uçun tavsiya etilmagan ğalla navlarini ekmaslik hamda tozalanmagan, saralanmagan, dorilanmagan uruğlik donni va uruğlik uçun tovar doni işlatişga yöl qöyilmaydi.
“Özkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati, “Özagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati, “Özneftmahsulot” aksiyadorlik jamiyati, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
2019 yil hosili uçun kuzgi boşoqli don ekinlari ekiladigan maydonlarga beriladigan 40 ming tonna fosforli va 10 ming tonna kaliyli (sof holda) mineral öğitlarni joriy yilning 20 sentabrigaça joylarga yetkazib berilişini;
2019 yil hosili uçun kuzgi boşoqli don ekinlarini ekiş uçun talab etiladigan yoqilği moylaş mahsulotlarini yetkazib berilişini ta'minlaydi.
“Özagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati, “Özagroservis” aksiyadorlik jamiyati Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:












