Robototexnika sohasidagi ilk bilimlar insoniyatga ma'lum bölgaç, olimlar odamga öxşaş mexanizmlarni işlab çiqişga yaxlit bir sohani bağişladilar. Sun'iy idrokning yaratilişi kompyuter muhandislari va dasturçilarning asosiy maqsadlaridan biridir. Ular bizdan şu qadar uzoqmi? Maqolada keltirilgan robotlar böyiça fikr yuritadigan bölsak, mikrosxema va simlardan yaratilgan birinçi sun'iy gumanoid deyarli tayyor.

1. Sofiya
Bu maşhur hissiy robot şifokor Devid Xensonning «qizi». Paydo bölgan vaqtidan boşlab, intervyu berdi, Cosmopolitan va Elle jurnallarining «yuziga» aylanib, xalqaro OAVini zabt etdi. Sofiya muloqotni davom ettira oladi, şuningdek, bir neça tillar, jumladan rus tilida ham sözlaşadi.

2. Yunko Çixira
Toshiba kompaniyasining bu bolasi – uç tilni biladigan android. Yunkoda ham hislar bor, u buni yuzidagi bir neça harakat datçiklari yordamida amalga oşiradi. Bugun u işlaydi: Çixira Tokiodagi sayyohlik axborot markazida taşrifçilarni kutib oladi. Ular Çixira bilan klaviatura yordamida muloqot qiladi.

3. Erika
Robotni kutilmagan mavzularda töliq va tabiiy dialog qilişga örgatiş eng muşkul iş bölsa kerak. Axir buning uçun u suhbatdoş gapiriş tarzini aniqlaşi, hissiy reaksiyalarini qayd etişi va albatta mantiqiy javoblarni şakllantirişi lozim. Erika idealdan ança uzoq bölsa-da, u bilan muloqot qiliş mumkin. Bundan taşqari, u sizni yuzida va imo-işoralarida aks etadigan javob reaksiyalari bilan hayratga soladi.

4. Geminoid DK
Bu robot Daniya Olborg Universiteti öqituvçisi Xenrik Şarfning nusxasidir. Geminoid DK’ning öziga xosligi – giperrealligidir. Uni yaratiş uçun 200 ming dollarlik byudjyet sarflangan. U insonning hissiy javoblarini örganiş uçun yaratilgan.

5. Nadin
Bu robot ham odamning öziga xos «nusxasi». Uni Jyeneva universitetida dars beradigan Nadi Magnenat Talmandan nusxa oliş asosida yaratilgan. Nadin hissiyotlarga juda boy: u xafa böliş, hayron qoliş, qovoğini uyiş va kulişni biladi. Bundan taşqari, barça odamlar va suhbatlarni eslab qoladi. Şuning uçun ham u bilan suhbatlaşiş qiziqarli. Suhbat vaqtida u doimo odamning köziga qaraydi.










