24 avgust kuni Paragvay politsiyasi noma'lum şaxslar Kapiata şahridagi qurol-yaroğ omboridan 42 dona FN FAL vintovkasini öğirlab ketişganini xabar qildi. Öğrilar jinoyat sezilmasligi uçun haqiqiy qurollar örniga öyinçoq miltiqlarni qöyib ketişgan.

Uşbu qurollar zamonaviylariga almaştirilgani uçun qurol-yaroğ omboriga topşirilgandi. Ammo ötgan yili qora bozorda bir neçta FN FAL miltiqlari sotilayotgani ma'lum bölgan.

Politsiya suriştiruv işlarini boşladi va tekşiruv çoğida haqiqiy qurollar örnida öyinçoq qurollar turgani ma'lum böldi. Mahalliy OAV bu voqeani Paragvay politsiyasi tarixidagi «eng şarmandali holat» deb atadi.