Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining taşabbusi bilan taşkil etilgan Yaponiyaning Nagoya universiteti prezidenti Matsuo Seyiti boşçiligida Yaponiya delegatsiyasi, şuningdek, Nobel mukofoti laureati Ryodzi Noyorining Özbekistonga taşrifi davom etmoqda.  

Bugun Ryodzi Noyori özbek-yapon ilmiy simpoziumida vazirlik va idoralar, Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, respublikamizning barça hududlaridan taklif etilgan iqtidorli talabalar va yoş ilmiy tadqiqotçilar uçun ma'ruza bilan çiqiş qildi. 

Foto: Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi

Uçraşuvda yaponiyalik taniqli olim özbek allomalarining jahon sivilizatsiyasiga qöşgan bebaho hissasi, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojlanişida tutgan örnini e'tirof etdi.  

Foto: Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi

Ryodzi Noyori talabalar bilan muloqotda ilm-fanning sönggi yutuqlari, özining hayotiy tajribasi va ilmiy natijalari bilan örtoqlaşdi. Dunyo miqyosidagi taniqli olim bilan tarixiy uçraşuv yurtimizning iqtidorli yoşlarini ilm-fan bilan şuğullaniş va innovatsion fikrlaşga, yanada şijoat bilan işga undaşi şubhasiz. 

Foto: Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi

Ma'lumot uçun, taniqli kimyo olimi Ryodzi Noyori 2001 yilda katalitik asimmetrik sintez sohasidagi işlanmasi uçun Nobel mukofotini olgan. Yaponiyaning ta'lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi ilmiy kengaşining haqiqiy a'zosi va Birlaşgan Millatlar Taşkilotining turli xil yetakçi loyihalari hamda AQŞ, Xitoy xalq respublikasi, Yevropa mamlakatlari fanlar akademiyasining a'zosi. 2015 yildan buyon Yaponiya Fan va texnologiyalar agentligining strategiyasini rivojlantiriş va tadqiq qiliş Markazining Boş direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda.