Şahnoza Olimjonovna Zufarova Respublika aholi reproduktiv salomatlik markazi direktori etib tayinladi. Bu haqda Kun.uz’ga Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga markaz faoliyatini qayta körib çiqib, rivojlantiriş strategiyasini işlab çiqiş, yangi, innovatsion reproduktiv texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etiş, hududiy vertikal tizimi faoliyatini yanada takomillaştiriş, birlamçi tibbiyot yönalişi va ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazlari bilan integratsiyalaşuvini ta'minlaş, ixtisoslaştirilgan ginekologik yordamni aholiga yanada yaqinlaştiriş, reproduktiv salomatlikni mustahkamlaş singari muhim vazifalar yuklatildi.
Bundan taşqari, u aholi tibbiy madaniyatini oşiriş va tibbiy xizmat sifatini yaxşilaş, zamonaviy hamda xalqaro talablarga javob beradigan eng ilğor diagnostika va davolaş standartlarini amaliyotga joriy etib, xorijiy davlatlardagi tibbiyot muassasalari bilan samarali hamkorlikni yölga qöyiş kabi yönalişlarga ham mas'ul etib belgilandi.
Tibbiyot fanlari doktori Şahnoza Zufarova bugunga qadar Toşkent pediatriya tibbiyot instituti akuşerlik va ginekologiya, bolalar ginekologiyasi kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat körsatib kelayotgan edi.












