Xalqaro Press klubning navbatdagi sessiyasida Toşkent şahriga investorlarni jalb qiliş masalasi va prezidentning 15 avgust kuni qabul qilingan «Toşkent şahrida investitsiya muhitini yaxşilaş böyiça eksperimentni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni muhokama etildi.
Tadbirda Toşkent şahar hokimiyati, Davlat soliq qömitasi, Davlat Bojxona qömitasi vakillari, jurnalistlar, ekspertlar iştirok etişdi. Unda Toşkent şahar hokimi vazifasini bajaruvçisi Jahongir Ortiqxöjayev öz fikrlarini bildirib ötdi.
«Özbekistonga investitsiya kiritiş niyatida bölgan xorij investori yurtimiz banklariga 10 ming AQŞ dollari miqdorida mablağ qöysa, men öşa tadbirkorga faoliyat olib borişi uçun barça şaroitlarni yaratib beraman, muammosini hal qilişga amaliy yordam beraman», deya hokimning sözlarini keltiradi «Kun.uz» muxbiri.
Şu bilan bir qatorda, hokim Toşkent şahrida qulay investitsion muhitni yaratiş maqsadida qabul qilingan prezident farmoni, unda belgilangan vazifalar töğrisida ham aytib ötgan. Jumladan, investorlarni olib kelişda Toşkent şahar hokimiyatiga keng vakolatlar berilgan. Uşbu organ şahar hududida böş yotgan yerlarni investorlarga rasmiylaştiriş va xususiylaştiriş vakolatiga ega bölgan. Endilikda, investorlar foydalanilmayotgan binolar, ularning bahosi va boşqa qöşimça ma'lumotlarni hokimiyatdan olişlari mumkin. Yaratilgan qulaylik investorlar oqimini kuçaytirişi kutilmoqda. Poytaxtda joriy etilgan tajriba öz samarasini bersa, boşqa viloyatlarga ham tatbiq etilişi mumkin.
Sessiyada Ortiqxöjayev yana bir muhim masalalardan biri – daraxtlarning kesilişi böyiça aholi orasida uyğongan norozilik kayfiyati haqida alohida töxtaldi.
«Hozirgi paytda daraxtlarning kesilişi haqida ijtimoiy tarmoqlarda turli fikrlar oqimi yuzaga kelmoqda. Hukumat tomonidan daraxtlar kesilmoqda. Odamlar buni töğri tuşunmay salbiy munosabat bildirişyapti. Uşbu harakatni amalga oşirilişiga bir qança omillar sabab bölgan. Birinçidan, kasallangan daraxtlar kesilmoqda. Örniga yangi, soğlom nihol ekilyapti. Ikkinçidan, daraxtlar kesilişiga sabab bölayotgan jihat – şahar aholisining köpayişidir. Demografik jarayon jadallaşib ketayotgan bir paytda odamlarga turar joylar quriş kerak. Buning uçun yer ajratiş kerak. Şu maqsadda daraxtlar kesilyapti. Vaziyat har tomonlama töğri tahlil qilinsa, özaro tuşunmovçiliklarga barham bergan bölardik», degan şahar hokimi.












