Standartlaştiriş xalqaro taşkiloti (ISO) tomonidan yangi ISO 14785:2014 «Turizm axborot byurolari. Turizm axboroti va qabul qiliş xizmatlari. Talablar» standarti işlab çiqildi. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati şu haqida xabar berdi.
Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining "Turistik xizmatlar sertifikatsiya markazi" unitar korxonasi tomonidan Oʻz DSt ISO 14785: 2018 «Turizm axborot byurolari. Turizm axboroti va qabul qiliş xizmatlari. Talablar» davlat standarti işlab çiqildi. Mazkur standart ISO 14785:2014 "Tourist information offices. Tourist information and reception services. Requirements" xalqaro standartining muqobilidir.
Uşbu standart manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan muvofiqlaştirilgan, tegişli taşkilotlar tomonidan tasdiqlangan.
Turizm axborot byurolari (TAB) — bu mahalliy turistik mahsulotlar, diqqatga sazovor joylar, mintaqaning tarixiy maskanlari, tadbirlar, ekskursion yönalişlar, transport, şoping, köngiloçar tadbirlar va boşqalar haqida ma'lumot taqdim etuvçi servis xizmatlari.
TAB butun dunyo böylab nafaqat poytaxtlar va yirik şaharlarda, balki turizm daromadlari mahalliy iqtisodiyot uçun katta ahamiyatga ega bölgan mintaqalarda ham xizmat körsatadi.
Turizm axborot byurolari şuningdek mahalliy jamoatçilik transportiga çipta sotişi yoki turistik materiallar (xarita, qöllanmalar, ölkaşunoslik va tarixiy adabiyot va b.)ni sotişi yoki bepul tarqatişi mumkin. Bundan taşqari, TAB suvenirlar, mahalliy hunarmandlar, ustalar va rassomlarning mahsulotlari bilan savdo qiladi.
Buyuk Britaniya, Ispaniya, Germaniya, Fransiya, Turkiya, BAA kabi mamlakatlar taqdim etilayotgan turistik ma'lumotlar soni va ularning manbalari böyiça yetakçilik qilmoqda.
Asosiy turistik axborot byurolari aeroportlar, vokzallar, tarixiy majmualar, şahar markazlari va savdo markazlarida joylaşgan böladi. U yerlarda sayyohlar uçun dunyoning turli tillarida köplab kitob va qöllanmalar sotiladi, şu bilan birga, TABda sayohatga oid masalalar böyiça bepul maslahat oliş va individual ekskursion yönalişni tuziş böyiça bepul xizmatlarni qölga kiritiş mumkin. Şuningdek mamlakatning madaniy maskanlari, kurortlari, univermaglari, mehmonxonalari va restoranlari tavsifiga ega yöriqnomalar taklif etiladi.
TAB faoliyatini yölga qöyişdan maqsad - yurtimiz mehmonlarini mamlakat madaniyati, an'analari va urf-odatlari bilan taniştiriş hamda uning turistik yönaliş sifatida tanilişini oşiriş.












