Bugun, 30 avgust sanasida Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlarida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari davom ettirilmoqda.

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha musobaqalarida o‘zbekistonlik sportchilar jami 4ta medalni qo‘lga kiritishdi.

Foto: Abdulloh Fayzullayev

Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Dilnoza Rahmatova va Nilufar Zokirova juftligi ayollar o‘rtasida 500 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi (2:06.160) va Osiyo o‘yinlari kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Oltin medal Xitoy vakillariga, bronza esa indoneziyalik sportchilarga nasib etdi.

Foto: Abdulloh Fayzullayev

Vadim Menkov kanoeda 1000 metr masofaga eshkak eshishda 4:04.224 natija bilan birinchi bo‘ldi. U O‘zbekiston 4 marta Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘lgan ilk sportchiga aylandi. Bungacha u Doha, Guanchjou va Incheonda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida chempion bo‘lgandi. U bunday natijaga erishgan birinchi o‘zbek sportchisi bo‘ldi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni tojikistonlik Shahriyor Daminov (4:05.950) va eronlik Muhammad Nabi Rizo (4:06.434) egalladi.

Sovrindorlarga medallarni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Jasur Matchanov topshirdi.

Foto: Abdulloh Fayzullayev
Foto: Abdulloh Fayzullayev
Foto: Abdulloh Fayzullayev
Foto: Abdulloh Fayzullayev