Irlandiyalik yakkakuraş jangçisi Konor Makgregorga zalida maşğulot qilişni taklif qilgan amerikalik boksçi Floyd Meyuezer irlandiyalikdan bunga javoban haqorat oldi. 
Makgregor Meyuezerning taklifiga “Meyuezerlarning Katta Floyd va Rojyerdan (Meyuezerning otasi va amakisi) boşqalarini jin ursin. Heç qanday yaraşuv yöq. Olğa boriş yoki mağlubiyat”, deb qöpol javob qaytargan.

Amerikalik ham “qarzdor” bölib qolişni istamay, instagram orqali Makgregorning haqoratiga javob qaytardi. Boksçi ijtimoiy tarmoqda Makgregorga muşt tuşirayotgani suratini joylaştirib, unga “Men eng oson işlab topgan 9 raqam. Qalay?”, degan yozuv qoldirgan.

 

A post shared by Floyd Mayweather (@floydmayweather) on

2017 yil avgustda Meyuezer va Makgregor boks qoidalari böyiça jang ötkazgandi. Meyuezer 10-raundda raqibini nokautga uçratgan. Ta'kidlanişiça, amerikalik uşbu jangi uçun 300 mln dollarga yaqin pul olgan.