Özbekiston Respublikasida pasport tizimi töğrisidagi nizomga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Özgartirişlarga asosan fuqarolar doimiy röyxati mavjud bölmaganida, oldingi doimiy röyxatda turadigan joyidagi, propiskaga oid ma'lumotlar mavjud bölmagan hollarda özi turgan joyidagi ma'lumotlarni yiğiş punktiga (pasport stolga) murojaat qilişi mumkin.

Farmon bilan yöqotilgan pasport örniga pasport beriş tartibi belgilandi.

Unga muvofiq pasportini yöqotgan fuqaro zudlik bilan doimiy röyxatda turgan joyidagi ma'lumotlarni yiğiş punktiga (pasport stol) xabar berişi lozim. 

Vaqtinça xorijda bölgan fuqarolar pasportlarini yöqotib qöysalar, pasport yaroqsiz holga kelsa yoki uning amal qiliş muddati tugasa Özbekistonga qaytiş guvohnomasini oliş uçun konsullik vakolatxonasiga murojaat etadi.

Pasport yoki şaxsni tasdiqlovçi boşqa hujjatlar yöqotilganligi töğrisida işlar organlari tomonidan ma'lumotnoma beriladi. 

Pasporti öğirlab ketilgan şaxslar, jazoni ijro etiş muassasasidan ozod etilgan şaxslar va tabiiy ofatlar natijasida pasportlari yöqolganligi töğrisida ariza bilan murojaat etgan şaxslar ma'muriy javobgarlikka tortilmaydilar.

Fuqaro pasportini yöqotganda pasport yöqolgani haqida ariza berilgan kundan boşlab bir oy içida unga yangi pasport beriladi. Bu muddat yana bir oyga uzaytirilişi, istisno tariqasida bunday arizalarni körib çiqiş muddati olti oygaça çözilişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Içki işlar vazirligi fuqarolarda ikkita pasport bölmasligini bildirgandi.