Şimoliy Irlandiya hukumatsiz 590 kun yaşab, dunyo rekordi örnatdi.  

Avvalgi hukumat 2017 yil yanvarda ekologik loyiha sababli tarqab ketgan. Bu orada hukumat işini tiklaşga urinişlar besamar ketmoqda.

Yangi hukumat 1,5 yildan köproq vaqtdan beri tayinlay olinmayapti. Irlandlarni esa uşbu “rekord” unça ham xursand qilmayapti va ular yirik norozilik namoyişlari ötkazişmoqda. Fuqarolar siyosatçilarni oxir-oqibat kelişib, işga qaytişga çaqirişmoqda.

Buyuk Britaniya va Şimoliy Irlandiya Birlaşgan Qirolligining markaziy hukumati ham yuzaga kelgan vaziyatning yeçimini zudlik bilan topiş lozimligiga qöşilmoqda.