Yöq narsani kutmoq eng xunuk orzudir
Kimnidir özingizga yaqin oldingiz. U bilan munosabatingiz juda yaqinligi sababli undan yordam kutdingiz. Unga siz kutgan, siz muhtoj bölgan narsani berişiga qattiq işondingiz va natija siz öylagandek bölmadi. Siz yaqin deb bilgan döstingiz sizni orzularingizni amalga oşira olmadi. Bu insonga xos holat. Ammo Xoliqqa qilingan umid, Unga qaratilgan ilinj heç qaçon besamar ketmagan. U Zot muhtojlarning qölini quruq qaytarmagan. Töğri, orzu qilgan narsalarimizning aksari dunyoda amalga oşadi. Bir muddat bundan sarmast ham bölamiz. Lekin öşa bir umr kutgan narsalarimiz bir kuni tugaydi. Garçi tuganmasdek bölib tuyulsa ham, bir kun dunyo tugaşi bilan u ham tugaşi aniq. Demak bu dunyoda biz erişgan aksar narsalar aslida yöq narsalardir. Uni orzu qiliş esa yöq narsani orzu qilişdir. Orzu qilişingiz, bir umr kutişingiz, orzuyingiz röyobi abadiy sizniki bölişi, aslo tugab qolmasligi aniq bölgan narsa bor. Bu jannat orzusi. Jannat orzu qilinişga eng haqli xilqat. Uni deb tinim bilmaslik, bu dunyo rohatidan keçmoqlik yaraşadigan orzudir. Agar kimning jannat orzusi amalga oşsa, u eng baxtlilar qatoridagi inson ekanligiga şubha yöq.
Zahiriddin Mansur
Yangi loyiha: Toşni teşgan tomçilar










