Bugun, 30 avgust kuni Monakoda Çempionlar ligasining 2018/19 yilgi mavsumi guruh bosqiçi uçun qur'a taşlandi.
Yangi formatga köra 26 jamoa guruh bosqiçiga töğridan-töğri yöllanma oldi. Qolgan 6ta iştirokçi pley-off orqali aniqlandi.
Qur'a arafasida Yevropaning 32 jamoasi 4 savatçaga ajratildi.
Birinçi savatçadan musobaqaning amaldagi ğolibi, Yevropa ligasi ğolibi hamda UYeFA koeffitsiyentlar reytingida eng yuqorida turgan 6 liganing çempion jamoalari örin olişdi, birinçi savatça quyidagi jamoalardan tarkib topdi: «Real» (YeÇL ğolibi), «Barselona» (Ispaniya çempioni), «Mançester Siti» (Angliya çempioni), «PSJ» (Fransiya çempioni), «Atletiko» (YeL ğolibi), «Bavariya» (Germaniya çempioni), «Yuventus» (Italiya çempioni), «Lokomotiv» (Rossiya çempioni).
An'anaga köra, bir mamlakat jamoalari bitta guruhdan joy olmasligi ta'minlandi.
Qur'a natijalariga köra, «Real» «Roma», TsSKA va jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi.
«Barselona» esa guruh bosqiçida «Tottenhem», «PSV» va jamoalariga qarşi ikkitadan öyin ötkazadi.
A guruhi: «Atletiko», «Borussiya» D, «Monako», «Bryugge»;
B guruhi: «Barselona», «Tottenhem», «PSV», «Inter»
C guruhi: «PSJ», «Napoli», «Liverpul», «Tsrvena Zvezda»
D guruhi: «Lokomotiv», «Portu», «Şalke-04», «Galatasaroy»;
E guruhi: «Bavariya», «Benfika», «Ayaks», AYeK
F guruhi: «Mançester Siti», «Şaxtyor», «Lion», «Hoffenhaym»;
G guruhi: «Real», «Roma», TsSKA, «Viktoriya» Plzen
H guruhi: «Yuventus», «Mançester Yunayted», «Valensiya», «Yang Boyz».











