Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy o‘zining ikkinchi aviatashuvchi kemasini sinovdan o‘tkazdi
Foto: REUTERS/Stringer
Xitoy armiyasi mamlakatdagi ikkinchi aviatashuvchi kemaning dengizdagi sinovlarini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Bu haqda Xitoy mudofaa vazirligi vakili U Tsyan ma'lum qildi. Uning aytishicha, barcha tadbirlar xavfsiz va rejaga ko‘ra amalga oshirilib, ko‘zlangan maqsadlarga erishilgan.
Global Times nashrining yozishicha, sinovlar uchuvchi qurilmalarsiz amalga oshirilgan. Ulardan maqsad kema dvigatellari, aloqa, navigatsiya tizimi va boshqa qurilmalarni tekshirish bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, qiruvchi samolyotlar va vertolyotlar keyingi sinovlarda qatnashadi. Kemani keyingi yil boshida qurollanishga topshirish rejalashtirilgan.
Bu kema to‘liq Xitoyda ishlab chiqarilgan ilk aviatashuvchidir. U birinchi aviatashuvchi “Lyaonin” kabi loyihalanib qurilgan. “Lyaonin” sobiq ittifoqning “Varyag” aviatashuvchi kreyseri negizida qurib bitkazilgan.
“Lyaonin”ning uzunligi 304 metrni, eni 38 metrni, tezligi 54 km/soatni tashkil qiladi. Kemaning aviatsiya guruhi 26 ta qiruvchi samolyot va 14 ta vertolyotdan iborat.
Mavzuga oid
23:16 / 17.01.2026
Venesuela ustidan nazorat Trampni “neft qiroli”ga aylantira oladimi?
11:24 / 17.01.2026
Kanada Xitoy elektromobillariga bojlarni keskin pasaytiradi
13:52 / 15.01.2026
Xitoyning Rossiya bilan savdo hajmi 5 yilda ilk bor qisqardi
12:13 / 14.01.2026