Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 17-oktabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengaşi boş vaziri Li Siyang boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Davlat rahbarining matbuot xizmati xabariga köra, uçraşuvda “yaşil” energetika, kimyo sanoati, geologiya, avtomobilsozlik, metallurgiya, qişloq xöjaligi, infratuzilmani modernizatsiya qiliş, tinç atom, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt, uskuna işlab çiqariş va robototexnika sohalarida hamkorlikni kengaytiriş muhimligi taʼkidlangan.
“Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” strategik temir yöli qurilişi jadal surʼatlarda davom etmoqda. Uning işga tuşirilişi mintaqada savdoni rivojlantiriş va transport jihatidan boğliqlikni mustahkamlaşga yanada kuçli surʼat bağişlaşi taʼkidlandi.
Muzokara çoğida turizm, madaniyat va taʼlim sohalaridagi almaşinuvlarni kengaytiriş masalalariga alohida urğu berildi. Bu boradagi hamkorlik kölamini yanada kengaytiriş maqsadida ikki mamlakat şaharlari örtasidagi aviaqatnovlar sonini köpaytiriş rejalari muhokama qilindi”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib ötamiz, keça – 16-oktabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekistonda ikkinçi va uçinçi AESlar quriş masalasini yangi hamkorlar bilan ertaga muhokama qilişini aytgandi.
“Birinçi atom elektr stansiyasi qurilişini boşladik. Ikkinçi va uçinçisini quriş böyiça ham rejalarimiz bor. Ertaga yangi hamkorlarimiz va investorlar bilan ikkinçi atom elektr stansiyasini quriş masalasini muhokama qilamiz”, – degandi davlat rahbari.
Ötgan oyda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç Özbekiston yetakçisi bilan muzokaralari haqida sözlab berarkan, Özbekiston ikkinçi AESni Xitoy bilan hamkorlikda qurmoqçi ekanini aytgandi.
“Bugun ertalab tet-a-tet muloqotimizda prezident Mirziyoyevdan söradim va u menga şunday dedi: “Bitta atom stansiyasini ruslar bilan, ikkinçi stansiyani xitoyliklar bilan quryapmiz, lekin menga bu yetarli emas. Buni tugatmasimdan yana qurişni boşlayman, işlaşda davom etaman”, – deya Şavkat Mirziyoyevdan iqtibos keltirgandi Serbiya prezidenti.












