Xitoydagi boğçalardan birida bolalarga murabbiy örniga 60 santimetrli robot dars ötişni boşladi. Ta'lim sohasida yangi iş boşlagan “smart” öqituvçining ismi - Kiko (Keeko).
U bolalarga qiziqarli hikoya, ertaklarni aytadi, turli yoşga möljallangan maşq va topşiriqlarni beradi. Öquvçi savolga töğri javob bersa, robot sensor ekranida qizil yurakçalar yonadi. Bundan taşqari, u uzluksiz videoyozuvni amalga oşiradi va savollarga javob beradi.
Kiko bilan işlagan boğça murabbiysi: “Robot bilan işlaş juda maroqli. U odamlarga qaraganda öz hissiyotlarini muvozanatda uşlab tura oladi”, deya fikr bildirdi.
Kikoning narxi 10 ming yuan turadi. Bu xitoylik öqituvçining bir oylik örtaça oyligi.
Robotni işlab çiqaruvçilar öz mahsulotini boşqa Osiyo davlatlariga sotiş niyatidalar.
Robototexnika xalqaro federatsiyasi ma'lumotlariga köra, Xitoy robotlardan foydalaniş böyiça dunyoda yetakçi davlatdir. Mamlakat zavodlarida 340 ming android mehnat qiladi. Robotlar mahsulotlarni yetkazib berişadi, köçada keksa insonlarga yordam berişadi, kasalliklarga taşxis qöyişadi. Xitoy hukumati sun'iy intellektga katta sarmoya kiritmoqdalar va hattoki yuqori texnologiyani rivojlantiradigan “2025 Xitoyda işlab çiqarilgan” nomi ostida dastur yaratişdi.










