Xitoyning Huawei kompaniyasi dunyoda smartfon işlab çiqaruvçi ikkinçi yirik kompaniya deb ataldi.   

Gartner tadqiqot kompaniyasi tahlilçilarining hisob-kitobiga köra, joriy yilning 2-çoragida Xitoy kompaniyasi 49,8 mln dona smartfon sotib Apple’ni 2-örindan tuşirdi. Huawei bozorning 13,3 foizini egallagan, bu esa ötgan yildagidan 9,8 foiz köproqni taşkil qilgan.

Apple esa şu davr içida 44,7 mln dona – ötgan yildagidan 12,1 foiz kamroq iPhone sotgan va bozorning 11,9 foizini egallagan.

Gartner’ning tadqiqotlar böyiça direktori Anşula Guptaning aytişiça, ötgan çorakda Xitoy kompaniyasi savdo hajmining ösişiga Honor brendi ostidagi smartfonlar sababçi bölgan. 

Ta'kidlanişiça, Apple uçun pasayiş kutilgan edi: AQŞ kompaniyasi smartfonlarini bir yilda bir marta yangilaydi, iste'molçilar esa yangi qurilmalarni kutib qoladilar. Şu bilan birga iPhone X’ga talab yangi modellar taqdim qilingungaça pasaya boşlagan. 

Smartfon bozorida yetakçi esa bozorning 19,3 uluşiga ega bölgan va 72,33 mln qurilma sotgan Samsung bölib qolmoqda. Biroq kompaniyaning ötgan yilga nisbatan körsatkiçlari yomonlaşgan: kompaniya 2017 yil 2-çorakda 82,85 mln dona qurilma sotgan.